muhitiga chidamlidir. Alyuminiyning yengilligi va boshqa rangli metallar bilan
qotishmalar hosil qilishi uning muhim xossalaridir.
Mis, magniy, titan, nikel, rux, qalay va boshqa rangli metallar ko‘p
hollarda qotishmalar komponentlari va legirlovchi qo‘shimchalar sifatida
ishlatiladi. Nodir rangli metallardan olingan qotishmalar maxsus qurilish
ob’ektlarida, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda ishlatilishi mumkin.
Rangli metallar sof holda kam ishlatiladi, chunki mustahkamligi va qattiqligi
talabga javob bermaydi.
Alyuminiy va uning qotishmalari.
Alyuminiy kumushsimon-oq
rangli metall bo‘lib, zichligi 2,7 gsm
3
, erish harorati 658
0
S, mustahkamligi 10
MPa bo‘ladi. Ochiq havoda alyuminiy yuzasi xiralashadi, hosil bo‘lgan yupqa
mustahkam oksidi alyuminiyni agressiv muhitlardan himoyalaydi.
Alyuminiy tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar sifatida mis, rux, marganets,
magniy, temir, xrom, berilliy kiritilib, mexanik xossalarini yaxshilash
mumkin.
Alyuminiy mustahkamligini plastik deformatsiyalash, toblash va
eskirtirish usullari bilan oshirish mumkin. Alyuminiy qotishmalari
deformatsiyalanadigan va quyma turlarga bo‘linadi. Deformatsiyalanadigan
qotishmalar esa termik mustahkamlangan va mustahkamlanmagan xillarga
bo‘linadi. Termik mustahkamlangan qotishmalarga alyuminiy-magniykremniy,
alyuminiy-mis-magniy va alyuminiy-rux-magniy; termik mustahkamlanmagan
qotishmalarga texnik alyuminiy va ikki komponentli qotishmalar-alyuminiy-
marganets va alyuminiy-magniy kiradi. Bunday hosil qilingan duralyuminiy
qotishmalarida mis alyuminiy mustahkamligini oshiradi, ammo plastikligini va
korroziyaga chidamliligini kamaytiradi.
Alyuminiy qotishmalarining xossalarini yaxshilash uchun xrom, vanadiy,
titan, sirkoniy kabi legirlovchi elementlar qo‘shiladi.
Texnik alyuminiy AD, AD I kabi markalanadi. Bu erda A-alyuminiy,
Dduralyuminiy tipidagi qotishma, I-qotishmadagi alyuminiy miqdorini
ko‘rsatadi (AD da 98,8% va AD I da 99,3% alyuminiy bor). Yuqori
mustahkamlikdagi alyuminiy V 95, V96; quymasi-AK6, AK8 holda
markalanadi. Bu erda raqamlar legirlovchi elementlar miqdorini (%) bildiradi.
Termik mustahkamlanmagan alyuminiy qotishmalari ADIM; AmsM; AMg2M;
AMg2H2 holda markalanadi. Bu erda M-myagkiy, Msmarganets, Mg2-
tarkibida 2% magniy bo‘lgan qotishma.
Alyuminiy qotishmalari markalari raqamlarda ifodalanishi mumkin: 1915,
1915T, 1925, 1935T. Bu erda birinchi raqam qotishma asosi bo‘lgan
alyuminiyni, ikkinchi raqam komponentlar kompozitsiyasini, oxirgi ikki raqam
qotishmaning o‘z guruhidagi tartib nomerini bildiradi.
Alyuminiy qotishmalaridan prokatlash usulida shveller, qo‘shtavr,
burchaklik, yassi va to‘lqinsimon listlar, quvurlar va boshqa buyum va
konstruksiyalar tayyorlanadi. Ular asosida bino va inshootlar uchun yengil
konstruksiyalar, vitrina va deraza panjaralari, uch-qatlamli issiqlik izolyasiyasi
panellari, osma shiplar va sh.k. tayyorlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: