shart, aks holda po‘latning plastikligi va korroziyaga
chidamliligi pasayadi
hamda payvandlanishi qiyinlashadi. Yuqori sifatli po‘latlar kafolatlangan
xossalariga ko‘ra 15 kategoriyaga bo‘linadi. Legirlovchi qo‘shimchalar po‘lat
xossasiga quyidagi tarzda ta’sir etadi: marganets po‘latning
mustahkamligini,
qattiqligini va edirilishga bardoshligini oshiradi;
kremniy va xrom
mustahkamligi va olovbardoshligini; mis po‘latning korroziyaga chidamligini
oshiradi; nikel esa po‘latning zarbiy mustahkamligini, qovushoqligini oshiradi.
Nikel, xrom va mis bilan legirlangan po‘latlar plastikligi Yuqori,
yaxshi
payvandlanadigan bo‘ladi. Ular asosida sanoat va fuqaro qurilishi
konstruksiyalari, ko‘priklar proletli qurilmalari va boshqalar tayyorlanadi.
Metall konstruksiyalar
tayyorlashda kam uglerodli, kam legirlangan
VSt3sp5, 10XSND, 15XSND, 09G2S, 10G2SD va boshqa markadagi po‘latlar
ishlatiladi.
O‘rtacha va ko‘p legirlangan po‘latlar
tarkibiga xrom-nikel, xrom-
nikelmarganets legirlovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Bu po‘latlar korroziya
muhitiga chidamli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: