”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

5. Po‘lat turlari va xossalari 
5.1 Po‘lat strukturasini va xossalarini modifikatsiyalash
 
 
Po‘lat va temirbeton konstruksiyalarni qurilish tizimida ishlatilganda 
ularning ekspluatatsiya sharoitini hisobga olish kerak. Haroratning, 
namlikning, muhitning o‘zgarishi po‘latning xossalariga salbiy ta’sir etishi 
mumkin. Bunday sharoitlarda po‘lat zanglashi, eskirishi, plastikligi keskin 
kamayishi yoki ortib ketishi va charchashi mumkin. Ushbu holatlarni bartaraf 
etish uchun po‘lat tarkibini va xossalarini quyidagi usullar bilan 
modifikatsiyalash zarur:
-Suyuqlangan po‘latga karbidlar, nitridlar, oksidlar (Sr
2
O
3
; Fe
2
O
3
; Al
2
O
3
va sh.k.) kiritish;
-Legirlovchi elementlarni kiritish;
-Termik va termomexanik usullarda po‘latga ishlov berish.
Po‘lat tarkibini modifikatsiyalashdan maqsad uning strukturasini sozlash, 
ichki zo‘riqishni kamaytirish natijasida mustahkam, korroziyaga chidamli
oson qayta ishlanadigan po‘latlarni olishdir.
Legirlovchi elementlar
konstruksion po‘lat tarkibiga: Sr-0,8-1,1%; Ni-
0,5-4,5%; Si-0,5-1,2%; Mn-0,8-1,8% miqdorlarda kiritiladi. Po‘lat tarkibini 
legirlash uchun vanadiy, molibden, titan va boshqa elementlar ham juda oz 
miqdorda qo‘shilishi mumkin. Legirlovchi elementlar po‘latda mayda donador 
struktura hosil qilishi va shu bilan birga po‘lat xossalarini keskin yaxshilashi 
mumkin. Po‘latga termik va termomexanik ishlov berish samarali va keng 
tarqalgan usuldir. Po‘latni termik ishlashning usullari quyidagilar: toblash, 
bo‘shatish, yumshatish va normallash.
Toblash
-po‘latni 800-900
0
S gacha qizdirish va suv yoki moyda tez 
sovitishdan iborat. Po‘lat toblanganda qattiqligi va mustahkamligi ortadi, lekin 
zarbiy mustahkamligi kamayadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin