”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Qora metallar 
Qora metallar olishda xomashyo sifatida magnetit, gematit, pirolyuzit, 
xromit kabi temir rudasi ishlatiladi. Qora metallar tarkibida ugleroddan 
tashqari oz miqdorda kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor va sh.k. bo‘ladi. 
Qora metallar tarkibiga xrom, nikel, molibden, alyuminiy, mis kabi legirlovchi 
moddalar qo‘shib, ularning xossalarini o‘zgartirish mumkin.
Qora metallar tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab cho‘yanlar va 
po‘latlarga bo‘linadi.
Cho‘yan.
CHo‘yan temir oksidlaridan temirni domna jarayonlari 
natijasida qaytarib olinadi. Uning tarkibida 93% temir, uglerod 5% gacha va oz 
miqdorda qo‘shimchalar bo‘ladi.
Cho‘yan oq, kulrang va maxsus cho‘yan turlariga bo‘linadi. Oq cho‘yan 
qattiq va mo‘rt bo‘lib, ularni qayta ishlash va quyish qiyin bo‘ladi. Cho‘yan 
po‘lat va maxsus cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanlar 
yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, edirilishga, chidamli va quyma 
buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Cho‘yanning maxsus turlari kulrang 


cho‘yanlarning bir xili bo‘lib, cho‘yanni uzoq muddat (80 soat) Yuqori 
haroratda termik ishlov berib olinadi.
Cho‘yanlar tarkibiga marganets, kremniy, fosfor va legirlovchi 
qo‘shimchalar qo‘shib ularning mustahkamligini oshirish mumkin.
Po‘lat.
Po‘lat cho‘yan tarkibidan ortiqcha uglerod va qo‘shimchalarni 
maxsus texnologik usullar vositasida chiqarib yuborib hosil qilinadi. Po‘lat 
asosan konvertor, marten va elektr toki bilan eritish usullarida olinadi. Po‘lat 
tarkibida uglerod 2% gacha bo‘ladi. Po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra 
uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘latlar temir va uglerod hamda 
marganets, kremniy, oltingugurt va fosfor aralashmalari asosidagi qotishmadir. 
Ular qotishiga ko‘ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan po‘lat turlariga 
bo‘linadi.
Po‘lat tarkibiga nikel, xrom, volfram, mis, alyuminiy, molibden va boshqa 
rangli metallar kiritilib legirlangan po‘latlar olinadi. Po‘latlar kam legirlangan 
(2,5% gacha), o‘rtacha legirlangan (2,5-10%) va ko‘p legirlangan (10% dan 
ortiq) bo‘ladi. Po‘latlar ishlatilish sohasiga ko‘ra konstruksion, maxsus 
asbobsozlik po‘latlarga bo‘linadi. Konstruksion po‘latlardan qurilish 
konstruksiyalari, armaturalar, maxsus po‘latlardan esa olovbardosh va 
korroziyaga chidamli buyumlar va konstruksiyalar tayyorlanadi.
Sifatiga ko‘ra po‘latlar oddiy, sifatli, Yuqori sifatli va alohida Yuqori 
sifatli turlarga bo‘linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin