”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.
Asbest asosidagi buyumlar 
 
Asbest asosidagi buyumlarga asbest qog‘oz, kanop, mato, plita va 
boshqalar kiradi. Buyumlar bog‘lovchilar (kraxmal, kazein elimi va boshq.) 
asosida yoki bog‘lovchisiz texnologik usullarda olinishi mumkin.
Asbest qog‘oz 
list yoki o‘rama material bo‘lib, quyidagi o‘lchamlarda 
ishlab chiqariladi: listlar 1000x950mm, qalinligi 0,5; 1,0 va 1,5mm; o‘rama 
qog‘ozlar polotnosining eni 670, 950 va 1150 mm, qalinligi 0,3; 0,4; 0,5; 0,65
va 1,0 mm. Asbest qog‘ozning o‘rtacha zichligi 650-1500 kg m
3
, issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 0,1 Vt (m
.0
S), qo‘llaniladigan eng Yuqori ishchi harorat 500
0
S.
Asbest kanop
diametri 0,75-55 mm li bir nechta eshilgan iplardan 
tayyorlanadi. Asbest kanoplar kichik diametrli truboprovodlarni (89 mm 
gacha) ishchi harorat 500
0
S gacha bo‘lganda va texnologik uskunalarni issiqlik 
izolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Asbest mato
asbest iplaridan to‘qish stanoklari vositasida olinadi va 
uzunligi 25 m gacha, eni 1m, qalinligi 1,4-3,5 mm bir en mato ko‘rinishida 
o‘rama material sifatida ishlab chiqariladi.
Asbest matoning o‘rtacha zichligi 600 kgm
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi 
taxminan 0,1 Vt(m
.0
S). Asbest mato kichik diametrli trubalarni issiqlik 
izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Bunda asbest matoning yuzasini parisuna bilan 
qoplanadi yoki bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Asbest matraslar
asbest matodan tiqilib, ichiga issiqlik izolyasiyasi 
materiallari (mineral yoki shisha paxtalar, tolali asbest va boshq.) to‘ldirilgan 
to‘shak ko‘rinishida tayyorlanadi. Matraslar uzunligi 8-10 m, qalinligi 30-50 
mm, eni talabga ko‘ra bo‘ladi. Asbest matrasining o‘rtacha zichligi 300-400 
kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,09-0,11 Vt(m
.0
S). Matraslar armaturalar, 
uskunalar, mexanizmlar va sh.k. flanetsli birikmalarning olinadigan 
izolyasiyasi sifatida ishlatiladi.
Sovelit 
massa bo‘yicha 85% dolomit (SaSO
3
.
MgSO
3
) va 15% asbest 
aralashmasi (asosida) olinadi. Dolomitga murakkab qayta ishlov beriladi: 
kuydiriladi, kuydirilgan dolomit so‘ndiriladi, SO
2
gazi 
yordamida 
korbonizatsiyalashtiriladi va natijada to‘rt molekula suvli magniy karbonat va 
magniy gidroksidi kompleksi MgSO
3
.
Mg(OH)
2
.
4H
2
O hosil bo‘ladi. Bu 
kompleks kalsiy karbonat (SaSO
3
) bilan birgalikda cho‘ktirilib sovelit uchun 


bog‘lovchi hosil qilinadi. Tayyorlangan buyum magnezial tashkil etuvchini 
dekarbonlashtirish uchun quritiladi va toblanadi. Ushbu jarayon natijasida 
buyumning zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kamayadi, haroratga 
bardoshliligi ortadi.
Sovelit asosida uzunligi 500 mm, eni 170, 250, 500 mm, qalinligi 40-75 
mm li plitalar, segmentlar va uzunligi 500 mm, ichki diametri 57-426mm, 
qalinligi 40-80mm li yarim silindr tayyorlanadi. Sovelit kukuni suvda qorilib 
izolyasiyalanadigan yuzaga suritilishi mumkin. Sovelit buyumlarning turg‘un 
holatdagi o‘rtacha zichligi 400 kgm
3
gacha, issiq o‘tkazuvchanligi 0,083 
Vt(m
.0
S) gacha bo‘ladi.
Sovelit
buyumlar sanoat
va
texnologik asbob-uskunalar
truboprovodlar yuzasini ishchi harorat 500
0
S gacha bo‘lganda 
termoizolyasiyalash uchun ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin