Mineral paxta matlar list yoki o‘rama material bo‘lib, bitta yoki ikkala
matni pishiq iplar bilan tikiladi va bitum shimdirilgan qog‘ozga o‘raladi.
Matlar uzunligi 3000-5000 mm, eni 500 va 1000mm va qalinligi 50100 mm
o‘lchamlarda bo‘ladi. Mat o‘rtacha zichligi (kg m
3
) bo‘yicha 100 markada
ishlab chiqariladi. Uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,04 Vt(m
.0
S). Matlar
grajdan va sanoat binolarining to‘sish konstruksiyalari, texnologik uskunalar
va truboprovodlarni issiqlik izolyasiyasi uchun qo‘llaniladi.
Mineral paxta qattiq plitalar Yuqori darajada bikr bo‘lib,
fenolformaldegid yoki karbamid-formaldegid va boshqa polimer bog‘lovchilar
asosida ishlab chiqariladi. An’anaviy texnologiyaga binoan (xo‘l usul) qattiq
plitalar vakuum presslarda 150-180
0
S haroratda olinadi.
Bunda o‘rtacha zichligi 180-200 kgm
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,047
Vt(m
.0
S) li qalinligi 30-70 mm bo‘lgan plitalar tayyorlanadi.
Zamonaviy texnologiyada plitalar qattiq tolalari vertikal yo‘nalishda
bo‘lgan holda 10 va 17-etajli presslarda ishlab chiqariladi. Vertikal
yo‘naltirilgan tolalar (55-65%) ko‘p bo‘lsa, qattiq plitalarning siqilishdagi
mustahkamligi Yuqori bo‘ladi.
Qattiq plitalar uzunligi 900-1800 mm, eni 500-1000 mm, va qalinligi 40-
100 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. O‘rtacha zichligi (kg m
3
) bo‘yicha
qattiq plitalar 50, 75, 125, 175, 200 va 300 markalarda bo‘ladi.
Qattiq plitalar qurilish konstruksiyalari, texnologik uskunalar va
truboprovodlarni issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Gofri strukturali mineral paxta buyumlar tarkibida 30% gacha
vertikal yo‘naltirilgan tolalar 30% bo‘lib, o‘rtacha zichligi 140-200 kg m
3
. Bu
plitalar deformativligi kichik va mustahkamligi gorizontal yo‘nalgan tolali
plitalarga nisbatan 1,7-2,5 marta Yuqori bo‘ladi.