”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Shisha paxta asosidagi buyumlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
Shisha paxta asosidagi buyumlar 
Oson eriydigan shishalarni maxsus texnologiyalar vositasida paxtaga 
aylantiriladi. Xom ashyo sifatida shisha olish shixtasi (kvars qumi, 


kalsiylashtirilgan soda va natriy sulfat) va shisha siniqlari ishlatiladi. Shisha 
paxta olish jarayoni quyidagicha: shisha massasi 1300-1400
0
S haroratda 
vannali pechlarda eritish; shisha tolalarni tayyorlash; buyumlarni qoliplash.
Shisha tolalar suyultirilgan massadan cho‘zish va puflash usullarida 
tayyorlanadi. Shtabik usulida shisha tolalar shisha tayoqchalarini eriguncha 
qizdirib, aylanma barabanlarda cho‘ziladi. Filer usulida suyuqlantirilgan shisha 
massasi filer teshiklari orqali (uncha katta bo‘lmagan) o‘tkazilib, barabanlarga 
o‘rab cho‘ziladi. Puflash usulida shisha tola suyuqlantirilgan shisha massasi 
siqilgan havo yoki bug‘ oqimi ta’sirida sochib yuboriladi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra tekstil va issiqlik izolyasiyasi (shtapel) shisha 
tolalari ishlab chiqariladi. Tekstil tolalarining o‘rtacha diametri 37 mkm, 
issiqlik izolyasiyasi tolasi esa 10-30 mkm.
Shisha tolalari uzunligi, kimyoviy muhitlarga bardoshliligi hamda 
mustahkamligininig Yuqoriligi bilan mineral tolalardan farqlanadi. Shisha 
paxtaning o‘rtacha zichligi 75-125 kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,040,052 
Vt(m
.0
S), issiqlikka chidamliligi 450
0
S. SHisha toladan plitalar, polosalar
armaturalar, to‘qima va noto‘qima buyumlar va boshqa materiallar 
tayyorlanadi. Matlar va polosalar shisha tolalarini shisha ip bilan tikib 
mahkamlab olinadi. Bu buyumlarning o‘rtacha zichligi 175 kgm
3
gacha, 
issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘pi bilan 0,04-0,05 Vt(m
.0
S). Matlar uzunligi 1000-
3000 mm, eni 200-700 mm va qalinligi 10-50 mm holda ishlab chiqariladi.
Shisha tolali va polimer bog‘lovchilar asosida yarim bikr plitalar olinadi. 
Ularning o‘rtacha zichligi 75 kgm
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,047 Vt(m
.0
S).
Plitalar uzunligi 1000 mm, eni 500-1500mm va qalinligi 30-80mm 
o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Shisha tolasi asosidagi buyumlar qurilish 
konstruksiyalarini, texnologik uskunalarni, 200
0
S haroratda ishlatiladigan 
truboprovodlarni, sanoat sovuqxonalari devorlarini va boshqalarni issiqlik 
izolyasiyasida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin