”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

1.
 
Biologik muhitlarga chidamliligini oshirish uchun issiqlik izolyasiyasi 
muteriallari tarkibiga antiseptik moddalar kiritish va namlanishdan 
himoyalash maqsadga muvofiqdir. 
Noorganiq issiqlik izolyasiyasi 
materiallari 
 
Noorganiq issiqlik izolyasiyasi materiallariga mineral paxta, bazalt tolasi, 
shisha tolasi va paxtasi, keramik paxta, yengil betonlar, ko‘pik shisha, 
ko‘pchitilgan sochiluvchan perlit va vermikulit, asbest to‘ldirgichli buyumlar 
va boshqalar asosidagi buyumlar va boshqalar kiradi.
2.
 
Mineral paxta asosidagi buyumlar 
Mineral paxta
oson eriydigan tog‘ jinslari (ohaktosh, mergellar, 
dolomitlar va boshq.), metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari (loy va silikat g‘isht 
bo‘laklari) asosida olingan shishasimon tolali materialdir. Tolaning diametri 5-
15 mkm, uzunligi 2-40 mm bo‘ladi.
Mineral paxta tayyorlash ikkita asosiy jarayondan iborat: vagrankalarda 
(shaxtali eritish xumdoni) xom ashyo eritmasini hosil qilish; eritmani tolalarga 
aylantirish. Vagrankada xom ashyo qattiq yoqilg‘i (koks) bilan 1300-1400
0

haroratda suyultiriladi. Xumdonning tagi qismidagi maxsus teshikdan eritma 
to‘xtovsiz chiqariladi.
Xom ashyo eritmasini mineral tolalarga aylantirishning bir necha usullari 
mavjud bo‘lib, asosan ikkita usuli ko‘proq ishlatiladi: puflash va markazdan 
qochirma. Puflash usulida vagranka maxsus teshigidan (letkasi) oqib 
chiqayotgan eritma suv bug‘i yoki siqilgan havo oqimi yordamida tolaga 
aylantiriladi va sochib yuboriladi.
Markazdan qochirma usulda eritma oqimi vagranka teshigidan sentrifuga 
diskiga tushadi va tolaga aylantirilib sochiladi. Hosil bo‘lgan mineral tola 
kameradagi to‘xtovsiz harakatlanadigan to‘r ustiga yig‘iladi.
O‘rtacha zichligiga qarab mineral paxta (kgm
3
) 75, 100, 125 va 150 
markalarga bo‘linadi. Mineral paxta olovbardosh, gigroskopligi kichik va suv 


muhitiga chidamli, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik (
0,04-0,55 
Vt(m
.0
S)), biologik muhitlarga bardoshli materialdir.
Mineral paxtani tashish, saqlash, ishlatish oson bo‘lishi uchun 
granulalanadi (yumaloqlanadi). U maxsus qog‘ozlarga o‘ralgan holda tashiladi; 
devorlar bo‘shliqligi, qavatlararo plitalar kovaklari, issiq suv magistrallari va 
boshqa konstruksiyalarda issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Mineral paxta namat, matolar, (to‘shak) yarim bikr va bikr plitalar, gofri 
tuzilishidagi buyumlar, qobiqlar, segment va boshqa buyumlar tayyorlash 
uchun yarim fabrikat hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin