Nazorat savollari
1.Yog‘ochning makro va mikrostrukturasi tavsifi.
2.Yog‘ochning fizik va mexanik xossalari va ularga ta’sir etuvchi omillar.
3.Yog‘och tayyorlanadigan daraxtlar turlari.
4.Yog‘och nuqsonlari nima?
5.Yog‘ochni chirish va yonishdan saqlash usullari.
6.Yog‘och asosida tayyorlanadigan qurilish materiallari va buyumlari.
16-MAVZU:
ISSIQLIK
IZOLYASIYASI
VA
AKUSTIK
MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI. NOORGANIQ
ISSIQLIK IZOLYASIYASI MATERIALLARI.
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar
2.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining asosiy xossalari.
1.
Umumiy ma’lumotlar
Issiqlik izolyasiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy binolarni,
texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jihozlarini
issiqlik va sovuqlik ta’siridan izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 Vt (m
.0
S) dan Yuqori bo‘lmagan (25
0
S
haroratda) qurilish materiallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi.
Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyasi katta miqdordagi issiqlik
energiyasini
tejaydi.
Bundan
tashqari
bino
devorlari
qalinligi,
konstruksiyalarning
xususiy
massasi
ham
mutanosib
ravishda
kamayadi.Qurilish tizimida 1t samarali issiqlik izolyasiyasi materiallarini
ishlatish 200t atrofida shartli yoqilg‘ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik
agregatlarini izolyasiyalash issiqlik va sovuqlikni yo‘qotilishini 20-50%
kamaytiradi.
Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi uchun 1 m
2
ga 0,64 m
3
pishiq g‘isht yoki 0,32 m
3
keramzit betoni, 0,14 m
3
fibrolit, 0,1 m
3
mineral
paxta plitalari va 0,04m
3
poroplastlar talab etiladi.
Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir.
Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42-48
0
S atrofida, qishda esa-
20-30
0
S haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar va agregatlarni
samarali va ishonchli issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan izolyasiyalashni
taqazo etadi.
Issiqlik izolyasiyasi kompozitsion materiallarni ilmiy-tadqiqot etishda,
ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev,
K.E.Goryaynev, YU.P. Gorlov, A,P. Merkin va boshqalar katta hissa
qo‘shdilar.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi,
shakli, bog‘lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari
quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog‘ jinslari, shlak,
kullar, shisha, asbest) asosida olinadigan noorganiq materiallar; organiq xom
ashyo (yog‘och chiqindilari, lignin, polimerlar va boshq.) asosida olinadigan
organiq materiallar.
Strukturasi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari tolali (mineral tolali,
yog‘och tolali), donador (perlit, vermikulit, shisha va plastmassa sferalari),
g‘ovak (ko‘pikplast, ko‘pikshisha, yacheykali betonlar) materiallarga
bo‘linadi.
Shakli va tashqi ko‘rinishiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari
donali qattiq (plita, qobiq, segment, g‘isht, silindr) va egiluvchan (mato, shnur,
eshilgan bog‘liqlar, polimer tolalar), yumshoq (paxta, jun, qamish momig‘i,
nitron tolali paxta) va sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
O‘rtacha zichligi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari (kg m
3
): D
15, D25, D35, D50, D100, D125, D150, D175, D200, D250, D300, D400,
D500, D600 markalarga bo‘linadi.
Bikrligiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari yumshoq (M) (mineral
va shisha paxta, bazalt tolali paxta), yarim bikr (P) (shisha tolali plitalar,
polimer shtapellar), bikr (J) (mineral paxta plitalari), Yuqori bikr (PJ), qattiq
(T) materiallar bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari
quyidagicha klassifikatsiyalanadi: A-issiqlik o‘tkazuvchanligi past-0,06
Vt (m
.0
S)
gacha,
B-issiqlik
o‘tkazuvchanligi
o‘rtacha-0,06-0,115
Vt (m
.0
S)gacha.
Ishlatish sohasiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari qurilish
konstruksiyalarni (binolar) izolyasiyalash, sanoat asbobuskunalari va
truboprovodlarni izolyasiyalash materiallariga bo‘linadi.
Yonuvchanligiga qarab issiqlik izolyasiyasi materiallari yonmaydigan,
qiyin yonadigan va yonadigan materiallarga bo‘linadi.
Qurilish materiallarini hisoblash uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi “Qurilish
issiqlik texnikasi”qurilish me’yorlari va qoidalar (QMQ) ilovasi asosida yoki
tajribalar natijasiga ko‘ra turli asboblar yordamida o‘lchab aniqlanadi.
Materialning qalinligi (d) va issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti ( ) ma’lum
bo‘lsa, to‘suvchi buyum va konstruksiyalarning termik qarshiligini (R)
aniqlash mumkin.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari tayyorlashda quyidagi usullarda
g‘ovaklik hosil qiladi: gaz ajratib va ko‘pirtirilib; ko‘p miqdorda suv kiritilib
va bug‘latib; yonishi natijasida g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalar kiritib;
tolasimon karkas hosil qilish va boshqalar. Material strukturasini tashkil
etuvchi devorlar qanchalik yupqa va g‘ovaklar mayda bo‘lsa, issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti shunchalik kam bo‘ladi.
Material strukturasida yopiq g‘ovaklarning ko‘p bo‘lishi, ochiq g‘ovaklar
va kanallarning kam bo‘lishi issiqlik izolyasiyalash xususiyatini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: |