”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Tilinmagan yog‘och.
Butoqlari kesilgan, po‘stlog‘i shilingan bo‘lib, 
qurilishda konstruksiya sifatida va yog‘och materiallari tayyorlashda 
ishlatiladi.
Xari 
igna bargli va bargli daraxtlardan diametri 14 sm dan kam 
bo‘lmagan uzunligi 4-6,5 m bo‘lgan yog‘ochlardir. Xari 
3
navga bo‘linadi. 
Birinchi navga Yuqori sifatli, ikkinchi navga ba’zi bir nuqsonli va uchinchi 
navga ozgina miqdorda turli nuqsonlari bo‘lgan (chirimagan) xarilar kiradi.
Birinchi navli xarilar yog‘och konstruksiyalar (to‘sin, ferma, sarrov, 
qoziq), ikkinchi navli xarilar to‘sinlar, xovonlar va duradgorlik buyumlari 
tayyorlashda, uchinchi navli xarilar esa, ikkinchi darajali axamiyatga ega 
bo‘lgan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Xoda uchining diametri 8-11 sm, xodacha uchining diametri esa 3-7 sm 
bo‘lib, uzunligi 3-9 m bo‘ladi. Xoda va xodachalar sinchli uylarni qurishda, 
qismlar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Tilingan yog‘och.
Xarilarni bo‘ylama arralab tilingan yog‘och 
tayyorlanadi. Ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan tilingan yog‘och plastina, 
chorak g‘o‘la (chetvertina), pushtaxta, taxta, brus va bruscha turlariga 
bo‘linadi. Xarini bo‘ylamasiga ikkiga bo‘lib plastina, to‘rtta teng bo‘laklanib 
chorak g‘o‘la hosil qilinadi. 
Xarini brus va taxtalarga tilishdan qolgan eng 
chetki taxtalarga pushtaxta deyiladi. Eni qalinligidan ikki baravar katta 
bo‘lgan yog‘och taxta, eni ikki qalinlikdan oshmaydigan taxta esa, bruscha 
deyiladi.
Taxta qalinligi 13-100 mm, eni 80-250 mm bo‘ladi. Taxta igna bargli 
daraxtdan 6,5 m gacha, bargli daraxtdan 5,5 m gacha, 0,25 m qadam bilan 
bo‘lishi mumkin. Taxta yon chetlari arralangan (to‘g‘ri qirrali) va yon chetlari 
arralanmagan turlarga bo‘linadi .
Xari to‘rt tomonidan arralansa brus hosil bo‘ladi. Bruslarning ko‘ndalang 
kesim yuzasi o‘lchami 110x110 mm dan 220x260 mm gacha. Brus qavatlararo 
to‘sinlar, yog‘och konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Bruschalar esa 
yog‘och konstruksiyalari elementlari va duradgorlik buyumlari olishda 
ishlatiladi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin