Moyli antiseptiklarga toshko‘mir moyi,
antratsen moyi, slanets moyi
kabilar kiradi.
Moyli antiseptiklar o‘tkir xidli, to‘q jigarrang, kuchli toksinlovchi
xususiyatli bo‘lib,
suvda yuvilmaydi, metall qismlarni korroziyalamaydi,
ammo yog‘ochni to‘q-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaydi.
Ushbu antiseptiklar bilan qayta ishlangan yog‘ochlarni ochiq havoda, erda
yoki suvli sharoitda (ko‘prik va qoziq konstruksiyalari, shpallar,
suv osti
inshootlari va x.k.) ishlatish mumkin.
Antiseptik pastalar bitum, eruvchan shisha, giltuproq va sh.k.
bog‘lovchilar va natriyli ftorid yoki kremneftorid antiseptiklari va dispers
to‘ldiruvchilar asosida tayyorlanadi. Pastalar ishlatilish
davrida namlanish
ehtimoli bor yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi.
Yog‘och buyum va konstruksiyalar turli usullarda antiseptik bilan qayta
ishlanadi: moslamalar vositasida sepish, sovuq va issiq vannalarda shimdirish,
avtoklavda bosim ostida shimdirish, pastalarni surish. Antiseptik shimdirish
usuli yog‘ochning ishlatish sohasiga, shimilish chuqurligi shimdirish usuli va
yog‘ochning xiliga, ya’ni tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: