”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Yog‘och yoriqlari turlari
a –xochsimon chatnoq; b- xalqasimon ajroq; v-sovuqdan yorilish; g-
yoriqlar.
Yog‘och tanasi normal shaklining va yog‘och tuzilishining buzilishi. 
Yog‘ochning bu turdagi nuqsonlari daraxtning normal bo‘lmagan sharoitda 
o‘sishi va atrof-muxitning ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Ushbu nuqsonlar ichida eg noxushi egri-bugrilik bo‘lib, bir tomonga 
qiyshayganligi va ikki tomonga qiyshayganligi bilan xarakterlidir. Egribugrilik 
yog‘och sifatini pasaytiradi.
Baqaloqlik
daraxt tanasining pastki qismi Yuqori qismiga nisbatan keskin 
yo‘g‘onlashishi tushuniladi.
Ingichkalanish.
Yog‘och tanasining ikki uchi diametrining o‘lchamlari 
orasida farqining kattaligi bilan xarakterli. Bunday keskin ingichkalashish 
yog‘ochning mustahkamligi pasayishiga va isrof bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Burama.
Yog‘och tolalarining daraxt tanasi o‘qiga nisbatan qiyalab 
joylanishidir. Burama tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy burama 
yog‘och tolalarining yillik qavatlarda juda qiya joylashishi natijasidir.
Burama yog‘och mustahkamligini kamaytiradi va tob tashlashiga olib keladi.
Bilong‘i
yog‘och tolalarining to‘lqinsimon joylashishi va chalkashishi 
natijasi bo‘ladi. Bilong‘i yog‘och tanasining ayrim qismlarida va to‘laligicha 
bo‘lishi mumkin. Bilong‘i yog‘ochning egilishdagi mustahkamligini 
kamaytiradi.
Fatila
yog‘och tanasining biror joyida yillik qavatlarning qiyshayishidir. 
Fatila nuqsonining sababchisi ko‘zlarning hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. Bu 
nuqson bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.
Chirish.
Yog‘och zamburug‘larning ko‘payish natijasida chiriydi. 
Zamburug‘lar yog‘ochning asosini tashkil etuvchi sellyulozani glyukozaga 
aylantiradigan fermentlar ishlab chiqaradi. Hosil bo‘lgan glyukoza 
zamburug‘larga emish bo‘lgani uchun ular yana ko‘payib boradi, natijada 


yog‘ochning sifati keskin pasayadi. Bunda yog‘och massasi kamayadi, tanasi 
bo‘yiga va ko‘ndalangiga darz ketadi, yog‘och yaroqsiz holga keladi.
Zamburug‘lar yog‘och nam bo‘lganda (20% dan ko‘p), muayyan 
haroratda va kislorodli muxitda ko‘payadi. Zamburug‘lar suvli, harorat 0
0

past bo‘lgan sharoitda ko‘paymaydi. Ularning ko‘payishi yog‘och rangini 
o‘zgartiradi. Zamburug‘lar tushgan yog‘ochdan konstruksiyalar tayyorlash 
xavfli, chunki yog‘ochning mustahkamligi keskin kamaygan bo‘ladi. 
Zamburug‘larning birja, mog‘or, rang o‘zgartiruvchi, ko‘klik kasalligi turlari 
mavjud. Yog‘och bino va inshootlarda ishlatilganda unda uy zamburug‘i 
ko‘payishi mumkin. Oq uy zamburug‘i va pardasimon uy zamburug‘i yog‘och 
konstruksiyalar uchun juda xavfli bo‘lib, uni bir necha oydayoq butunlay 
ishdan chiqarishi mumkin.
Qurtlash.
Qurt va hashoratlar, qo‘ng‘izlar yog‘och materiali bilan 
oziqlanib, uning strukturasini zaiflashtiradi. Qurt va hashoratlar yurgan joyda 
ko‘plab teshiklar hosil bo‘ladi va ular o‘zi bilan birga zamburug‘larni olib kirib 
yog‘ochning buzilishini tezlashtiradilar. Xo‘l va ildizi qurigan zaif 
yog‘ochlarni qurt va hashoratlar tez shikastlaydi. Shikastlangan yog‘ochlarni 
bino va inshootlar konstruksiyalarida ishlatmagan ma’qul. Yog‘ochda mayda 
dumaloq teshik paydo bo‘lishi va ulardan qipiq to‘qilishi yog‘ochga qurt 
tushganidan darak beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin