Yog‘och materiallar
a-plastinalar; b-chetvertinalar; v-pushtaxta; g-yon cheti arralanmagan
taxta; d-bir yon cheti arralangan taxta; e-ikki yon cheti arralangan taxta; jto‘rt
burchagi olinmagan brus; z-brus.
Randalangan yog‘och taxta va bruslar shpuntlangan buyumlar, plintuslar,
galtellar, duradgorlik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Eshik va deraza
asosan qarag‘aydan tayyorlanadi. Yog‘och pardadevorlari bevosita bino ichida
yig‘iladi, plintus va karnizlar yordamida mahkamlanadi. SHchitli eshiklar ichki
qatlami reykalardan yig‘ilgan bo‘lib, ikki tomoniga bir yoki ikki qatlam qattiq
yog‘ochlardan tayyorlangan shpon yopishtiriladi.
Duradgorlik plitalari uzunligi 2500 mm gacha eni va qalinligi 30mm
bo‘ladi.
Parket pol buyumlariga donali, yig‘ma va shchitli parketlar hamda parket
taxtalar kiradi. Donali parket randalangan chetlari va ko‘ndalang qismlari
profillangan turli o‘lchamlardagi taxtachalardir.
Parket odatda qattiq jinsli yog‘ochlardan (eman, buk, yasen, oq qayin va
sh.k.) tayyorlanadi. Taxtachalar uzunligi 150,200,250,300,400 mm, eni 30 dan
60 mm gacha 5mm qadam bilan, qalinligi 15 va 18mm bo‘ladi. Parket
taxtachalardan turli rasmlar hosil qilish 6-rasmda berilgan.
Yig‘ma parket 400x400 va 600x600 mm o‘lchamlarda taxtachalarni
qog‘ozga elimlab hosil qilinadi. Parket yotqizilgach qog‘oz ko‘chirib olinadi.
SHchitli parket yog‘och va bruschali asosga parket taxtachalarini elimlab
olinadi. Taxtachalar rangi, teksturasiga qarab tanlanib juda chiroyli rasmli
parket poli hosil qilinadi.
Parket taxtasi reykalar ustiga suvga chidamli elimlar bilan elimlab olinadi.
Uning uzunligi 1200,1800, 2400,3000, eni 160, qalinligi 25 mm bo‘ladi. Parket
taxtachalarining namligi 8±2% bo‘lishi kerak.
Donali parket asosidagi gulli pol
a-frizsiz; b-frizli
shaxmatsimon; v-frizli yo‘lli.
Fanera.
Fanera uch va undan ortiq shponlarni (yog‘och tasmalar) ustma-
ust elimlab hosil qilingan materiallardir. Shponlarni ustma-ust elimlaganda bir
qatlamdagi shponlarning tolalari keyingi qatlam shponlarining tolalariga
nisbatan perpendikulyar holatda joylashishi kerak. Odatda ko‘zli shponlar o‘rta
qismlarga joylashtiriladi.
Shpon 2m uzunlikgacha bo‘lgan to‘sinlarni bug‘lab yoki issiq suvda
yumshatib stanok yordamida yupqa uzluksiz qirindi sifatida olinadi.
Fanera qayin, buk, yasen, eman, qarag‘ay, archa, pista qarag‘ay, tilog‘och
kabilardan tayyorlanadi. Shponlar zarur sxemada elimlanib taxlanib 120160
0
S
haroratda 1,4-2,0 MPa bosimda 20-30 min davomida presslanadi. Shponlar
soniga qarab uch, besh va ko‘p qatlamli faneralar 1,5-18mm qalinlikda va
2400x1525 mm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Yelim sifatida
fenolformaldegid, karbamidformaldegid polimerlari va kazeinlar ishlatiladi.
Bezak fanerasi bir tomoni eman, yasen, nok kabi teksturasi chiroyli
yog‘ochlar shponi yoki sun’iy polimer plyonkalar yopishtirilib olinadi.
Fanera taxtalari shponlarni polimer yelimlar asosida elimlab olinadi.
Ularning qalinligi 8-30mm va 35-78 mm bo‘ladi.
Duradgorlik taxtalari reykadan iborat shchitlarni ikki tomonidan shpon
yopishtirib olinadi. Taxta qalinligi 16-50mm. Bu taxtalar eshik, pardadevor,
mebellar tayyorlashda ishlatiladi. Yog‘och tolali taxtalar yog‘och tolalari,
kukun to‘ldiruvchilar, suv polimer bog‘lovchi va maxsus qo‘shimchalar
(antiseptiklar, antipirenlar, gidrofobizatorlar) aralashmasini issiq holatda
presslab olinadi. Yog‘och tolalari yog‘och chiqindilarini maxsus uskunalar
yordamida qayta ishlab olinadi. Qattiq taxta ko‘p qavatli presslarda 150-165
0
S
haroratda, 1-5 MPa bosim ostida presslab tayyorlanadi.
Besh turdagi taxtalar ishlab chiqariladi: o‘ta qattiq (
m
950 kg m
3
,
R
eg
50 MPa), qattiq (
m
850 kg m
3
, R
eg
40 MPa), yarim qattiq (
m
400
kg m
3
, R
eg
15 MPa), izolyasiyalovchi-bezak (
m
250-300 kg m
3
,
R
eg
2MPa), izolyasiyalovchi (
m
250 kg m
3
, R
eg
1,2 MPa). Taxtalar
uzunligi 1200-3600mm va eni 1000-1800 mm bo‘ladi. Qattiq taxtalar qalinligi
3-8 mm, izolyasiyalovchilarniki esa 8-25mm. Ular pol, ship, devor
qoplamalarida, mebelsozlikda ishlatiladi.
Yog‘och qirindili taxtalar maxsus tayyorlangan qirindilarni karbamid yoki
fenolformaldegid polimer bog‘lovchilar bilan aralashmasini issiq holatda
presslab olinadi. Polimer massaga nisbatan 8-12% sarflanadi.
Bunday taxtalar polimer bilan himoyalangan holda ham ishlab chiqariladi.
Taxtalar turli zichlikda (gsm
3
) ishlab chiqariladi: o‘ta zich 0,81-1,0; zich
0,66-0,8; o‘rtacha zichlikda 0,51-0,65; kam 0,36-0,5; juda kam 0,35. Yog‘och
qirindili taxta ishlab chiqarishda antiseptiklar va antipirenlar qo‘shiladi.
Taxtalar 1800-3500mm uzunlikda, 1220-1750 mm eniga, 4-100 mm qalinlikda
ishlab chiqariladi.
Yog‘och qirindili taxtalar konstruktiv, bezak, issiqlik va tovush
izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Yog‘och qatlamli plastiklar yog‘och shponlarni rezol fenolformaldegid
polimerida shimdirib va elimlab olinadi. Uning zichligi 1,25-1,33 g sm
3
,
tolalari bo‘ylab cho‘zilishdagi mustahkamligi 140-260 MPa, egilishdagi
mustahkamligi 150-280 MPa, solishtirma zarbiy mustahkamligi 3-8 MPa. Bu
plastiklar erituvchilar, moylar va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘lib,
magnitlanmaslik, ishqalanishga qarshilik zarur bo‘lgan joylarda ishlatiladi.
|