”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Ko‘pik shisha
yacheykali strukturaga ega bo‘lib, shisha ishlab chiqarish 
shixtasi(kvars qumi, ohaktosh, soda va natriyli sulfat) yoki shisha siniqlari 
asosida olinadi. Ko‘pik shisha shisha kukuni va gaz hosil qiluvchilarni (koks 
va ohaktosh) eritib, ko‘pchitish jarayoni natijasida tayyorlanadi. Ko‘pik shisha 
xumdondan brus shaklida uzluksiz chiqib turadi,kerakli o‘lchamlarda kesiladi 
va asta-sekinlik bilan sovutiladi. Ko‘pik shisha materiali devorlarida 
mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lgani uchun Yuqori issiqlik izolyasiyasi xususiyatiga, 
Yuqori mustahkamlikka, suv va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘ladi.
Ko‘pik shishaning g‘ovakligi 80-95%, o‘rtacha zichligi 200-600 kgm
3

issiq o‘tkazuvchanligi 0,09-0,14 Vt(m
.0
S), siqilishdagi mustahkamligi 2-6 
MPa. Ko‘pik shisha yonmaydigan material bo‘lib, 400
0
S haroratda ishlatilishi 
mumkin. Tarkibida ishqor bo‘lmagan ko‘pik shishalar 600
0
S haroratda o‘z 
xossalarini o‘zgartirmaydi. Ularni oson kesish va ishlash mumkin. Ko‘pik 
shisha plitalar uzunligi 500 mm, eni 400 mm va qalinligi 70-140 mm 
o‘lchamlarda ishlab chiqariladi va issiqlik tarmoqlari, magistral 
truboprovodlar, devorlar, ship, sovuqxonalar qurilishida ishlatiladi.
Ular madaniy-maishiy binolarda akustik va bezak materiali sifatida ishlatiladi.


Steklopor 
suyuq shisha va mineral kukunlar (bo‘r, kvars qumi, TES kuli 
va boshq.) aralashmasini granulyasiyalab va ko‘pchitib (320-360
0
S) olinadi. 
Steklopor uchta markada ishlab chiqariladi: “SL”-
m
15-40 kg m
3
,
0,028-0,035 Vt (m
.0
S); ”L”-
m
40-80 kg m
3

0,032-0,04 Vt (m
.0
S); 
”T”
m
80-120 kg m
3

0,038-0,05 Vt (m
.0
S).
Steklopor va turli bog‘lovchilar asosida kompozitsion materiallar donali
mastikali va quyma holatda issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Uni penoplastlar tarkibiga kiritib buyumlarning mustahkamligini, olovga 
bardoshliligini oshirish va bog‘lovchi sarfini kamaytirish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin