”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

17-MAVZU: 
METALL 
QURILISH 
MATERIALLARI 
VA 
BUYUMLARINING ASOSIY XOSSALARI. 


 
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Qora metallar.
3.
Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish asoslari.
4.
Cho‘yan turlari va xossalari.
5.
Po‘lat turlari va xossalari.
6.
Po‘lat buyumlar.
 
1. Umumiy ma’lumotlar 
Zamonaviy qurilishni metall materiallarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Metallar bino va inshootlarning konstruktiv qismlarida-poydevor, devor, tom, 
karkas va sh.k. kuchaytirishda, yuk ko‘taradigan konstruksiyalar, temirbeton 
tayyorlashda, qoplama materiallar, binolarni ichki va tashqi tomondan 
bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisbatan Yuqori 
mustahkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish imkoniyati bilan 
ajralib turadi. Metallar Yuqori plastiklik, etarli bo‘lmagan mustahkamlik va 
qattiqlikka ega bo‘lmagani uchun toza xolda ishlatilmaydi. Metallar asosan 
boshqa metallar va nometallar bilan qotishma holda ishlatiladi.
Metallar qora va rangli metallarga bo‘linadi. Qora metallar-po‘lat va 
cho‘yan temir va uglerodning qotishmasidir. Agar temir tarkibiga uglerod 2% 
gacha kiritilsa po‘lat, 2% ko‘p kiritilsa cho‘yan hosil bo‘ladi.
Rangli metallarga mis, alyuminiy, magniy, titan, nikel, rux, qalay, 
qo‘rg‘oshin va boshqalar kiradi. Rangli metallar er yuzida kam uchraydi va 
metall ishlab chiqarishni 5% tashkil etadi.
Qurilishda rangli metall va qotishmalardan yengil va kimyoviy muhitlarga 
chidamli konstruksion elementlar, bezak buyumlari va boshqa materiallar va 
qismlar tayyorlanadi. Qurilishda arxitektura qismlari asosan alyuminiy metalli 
va uning qotishmalaridan tayyorlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin