Domna pechining sxemasi
1-shaxta; 2-koloshnik; 3-yuklash qurilmasi; 4-metall qobiq; 5-futerovka
(qoplama); 6-pechning silindrik qismi (eng keng qismi); 7-pastki qismi; 8shlak
chiqarib yuboriladigan teshik; 9-gorn; 10-cho‘yan; 11-cho‘yanni chiqarib
yuborish uchun teshik; 12-havo beriladigan quvur.
Domna pechi tashqi tomondan metall qobig‘ bilan va ichki tomondan
olovbardosh g‘isht bilan qoplangan shaxta ko‘rinishida bo‘ladi (35.1-rasm).
Pechga ustki qismidan
maxsus moslama vositasida ruda, yoqilg‘i va flyus
shixta hosil qilish uchun navbat bilan tashlab turiladi.
Koks yonishini
ta’minlash uchun pechning pastki qismidan (gorn) issiq havo bosim ostida
beriladi.
Pechning pastki qismida 900-1100
0
S temirning tiklangan bir qismi
uglerod bilan birikib temir karbidini hosil qiladi. Bu jarayon uglerodlanish
jarayoni deyiladi.
1150
0
S haroratda hosil bo‘lgan suyuq cho‘yan pech gorniga
oqib tushadi. Suyuqlangan shlak esa zichligi kamligi tufayli cho‘yan
eritmasining ustki qismida bo‘ladi.
Navbat bilan avval shlak, keyin cho‘yan
gorndan chiqarib turiladi. Suyuqlangan cho‘yandan maxsus cho‘yan quyish
mashinalari yordamida qoliplanib “chushkalar”
tayyorlanadi yoki maxsus
kovshlarda po‘lat eritiladigan sexga yuboriladi.
Suyuqlangan shlakdan shlak granulalari,
pemzasi va tosh quymalar
tayyorlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: