Marten pech sxemasi
1-tag; 2-gumbaz; 3-regeneratorlar.
Marten pechi ishchi kamerasi gorizontal bo‘lib, 1000 tonna sig‘imga ega
bo‘ladi. Pechning ichki qismi olovbardosh g‘isht bilan qoplanadi (3-rasm).
Po‘latni bu usulda eritish jarayonida ferroxrom, ferrovanadiy va boshqa
turdagi qo‘shimchalar kiritilib legirlangan po‘lat olinadi. Po‘lat eritmasi kovsh
vositasida po‘lat va cho‘yandan tayyorlangan maxsus qoliplarga (izlojnitslar)
quyiladi. Marten po‘lati sifatli bo‘lib, undan qurilish konstruksiyalari va
armaturalar tayyorlanadi.
Elektr toki bilan eritish
- maxsus va Yuqori sifatli po‘lat ishlab
chiqarishda eng takomillashgan, ammo elektr energiyasini ko‘p talab etadigan
usuldir. Bu usulda po‘lat yoy va induksion elektr pechlarda eritib olinadi. Xom
ashyo shixtasi sifatida po‘lat skrap (temir-tersak) va temir rudasi, marten yoki
konvertor pechidan keltirilgan po‘latlar ishlatiladi. Bu usulda po‘lat olish
unumdorligi past, mahsulot tannarxi esa Yuqori bo‘ladi. Elektr pechlarda
po‘latning maxsus turlari-o‘rtacha va Yuqori legirlangan, instrumental, Yuqori
haroratga bardoshli, magnitli va boshqalar tayyorlanadi.
4. Cho‘yan turlari va xossalari
Cho‘yanning kimyoviy tarkibi va mo‘rtligi undan faqat quyma
qotishmalar olishni taqazo etadi. Cho‘yan tarkibidagi uglerodning ko‘rinishiga,
aralashmalarning miqdori va sovitish tezligiga qarab oq va kulrang cho‘yan
olinadi. Uglerod sementit ko‘rinishida bo‘lsa oq, sementit va grafit
ko‘rinishida bo‘lsa kulrang cho‘yan hosil bo‘ladi.
Oq cho‘yan
o‘ta qattiq va mustahkam, ammo juda mo‘rt bo‘ladi. U po‘lat
va bolg‘alanuvchan cho‘yan olish uchun ishlatiladi. Oq cho‘yan tarkibida
taxminan S2,8-3,6%; Si0,5-0,8%; Mn0,4-0,6% bo‘lishi mumkin.
Maxsus oqartirilgan cho‘yan ustki qismi oq cho‘yandan, ichki qismi esa
kulrang cho‘yandan iborat bo‘lib, undan tayyorlangan buyumlar mustahkam va
edirilishga chidamli bo‘ladi.
Kulrang cho‘yan
temir-kremniy-uglerod qotishmasi bo‘lib, tarkibida
marganets, fosfor va oltingugurt aralashmasi bo‘ladi. Kulrang cho‘yanning
taxminiy tarkibi: S 3,2-3,4%; Si 1,4-2,2%; Mn 0,7-1,0% va fosfor,
oltingugurt miqdori 0,15-0,2% kam bo‘ladi. Kulrang cho‘yan S-seriy va Ch-
chugun
harflari bilan SCH holda markalanadi: SCH-10; SCH-18; SCH-21;
SCH-24; SCH-25; SCH-30; SCH-40. Markadagi raqamlar cho‘zilishdagi
mustahkamlik
chegarasini kgsmm
2
ifodalaydi.
Modifikatsiyalangan cho‘yan SCH30-SCH35 markalarda bo‘lib, tarkibiga
grafit, ferrosilitsiy, silikokalsiy kabi moddalar 0,3-0,8% miqdorda qo‘shiladi.
Bunday cho‘yanning plastikligi, zarbiy mustahkamligi va chidamliligi Yuqori
bo‘ladi. Kulrang cho‘yan tarkibiga 0,03-0,07% magniy kiritilsa, kristallanish
jarayonida grafit plastinasimon shakldan sharsimon shaklga o‘tadi. Bu cho‘yan
turining mustahkamligi Yuqori, quyish xossalari yaxshi, yaxshi ishlanuvchan
va edirilishga bardoshli bo‘ladi. Suyuqlangan kulrang cho‘yan yaxshi
oquvchan, mexanik usulda ishlov berish oson bo‘ladi.
Kulrang cho‘yandan kolonnalar, tayanch yostiqlari, kanalizatsiya
quvurlari, qoplama tyubinglar tayyorlanadi. Qurilishda legirlangan va Yuqori
mustahkamlikdagi modifikatsiyalangan cho‘yanlar faqat maxsus joylarda
ishlatiladi. Cho‘yandan isitish radiatorlari, vannalar, yuvish qurilmalari, asbob-
uskunalar, pechkalar uchun panjaralar, eshiklar va sh.k. buyumlar tayyorlash
mumkin.
Kulrang cho‘yan asosida arxitektura-san’at buyumlari quyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |