Normallash
-po‘latni yumshatishning bir turi bo‘lib, uni toblanish
haroratidan
past haroratgacha qizdiriladi, bu haroratda saqlab turiladi va
havoda sovitiladi. Po‘lat normallashtirish
jarayoni natijasida qattiqligi,
mustahkamligi va zarbiy mustahkamligi ortadi.
5.2 Po‘latning turlari
Uglerodli po‘latlar.
Uglerodli po‘latlarning oddiy va sifatli turlari ishlab
chiqariladi. Tarkibidagi FeO miqdoriga nisbatan uglerodli po‘latlar, agar FeO
minimal miqdorda bo‘lsa sokin (SP), o‘rtacha bo‘lsa yarim sokin (PS) va
maksimum miqdorda bo‘lsa qaynaydigan (KP) turlarga bo‘linadi.
Oddiy sifatli uglerodli po‘latlar sifat kafolati bo‘yicha A, B va V
guruhlarga bo‘linadi. Ular St1, St2, St3, St4, St5, St6 holda markalanadi.
Oksidsizlantirish darajasini va sifat kafolatini hisobga olib uglerodli po‘latlar
misol tariqasida ASt3SP, VSt4PS, VSt3KP va sh.k. keltirish mumkin.
Po‘latlarning A, B, V guruhlari mos ravishda mexanik, kimyoviy va mexanik-
kimyoviy xossalari kafolatlangan bo‘ladi.
Tarkibida uglerod miqdori oz bo‘lgan po‘latlarning
plastikligi va zarbiy
mustahkamligi Yuqori bo‘ladi. Uglerod miqdori ortib ketsa, po‘lat
mo‘rtlashadi va qattiq bo‘ladi. Uglerodli po‘latlarning
sifatini baholash
mezoni-cho‘zilishdagi oquvchanligi, mustahkamlik
chegaralari hamda nisbiy
uzayishidir (1-jadval).
Qurilish konstruksiyalari uchun po‘latning VSt3sp (ps) va VSt3 Gps guruhlari
ishlatiladi. Ular tarkibida uglerod 0,14-0,22%, marganets 0,40,65%, kremniy
0,05-0,17% SP uchun (0,12-0,3% PS uchun) bo‘ladi.
Bu po‘latdan bino va inshootlarning metall konstruksiyalari, rezervuarlar,
elektr uzatish liniyalari va truboprovodlar tayanchlari,
temirbeton uchun
armaturalar va to‘rlar tayyorlanadi.
35.1-jadval
Dostları ilə paylaş: