”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.3
 
Fizik-mexanik xossalar
Issiqlik 
izolyasiyasi 
materiallarning 
siqilishdagi 
mustahkamligi 
materialning yuklama (zo‘riqish) ta’sirida 10% deformatsiyalanishi bilan 
aniqlanadi. Bunda buyumning qalinligi 10% o‘zgaradi.
Materialning siqiluvchanligi muayyan yuklama ta’sirida qalinligini 
o‘zgartirish qobiliyatiga aytiladi. Siqiluvchanligi jihatidan materiallar 
quyidagicha tavsiflanadi: yumshoq M-deformatsiyalanish 30% Yuqori; 
yarimbikr PJ-deformatsiyalanish 6-30%; bikr J-deformatsiyalanish ko‘pi bilan 
6%.
Siqiluvchanlik 0,002 MPa solishtirma yuklama ta’sirida siqilishdan hosil 
bo‘lgan deformatsiya bilan izohlanadi.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
0,2-2,5 MPa atrofida bo‘ladi. Tolali materiallar (plitalar, qobiqlar, segmentlar) 
mustahkamligi asosan egilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan belgilanadi.
Noorganiq materiallarning egilishdagi mustahkamligi 0,15-0,5 MPa, 
yog‘och tolali pressmateriallarniki esa 0,4-2 MPa bo‘ladi. Mineral tolali paxta, 
shisha tolali paxta, asbest karton kabi egiluvchan issiqlik izolyasiyasi 
materiallari cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan xarakterlanadi.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining mustahkamligi bog‘lovchining 
turiga, tayyorlash texnologiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ularning 
mustahkamligi tashish, saqlash, montaj qilish va ishlatilish davrida butunligini 
kafolatlashi kerak.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining suv shimuvchanligi juda katta 
oraliqda o‘zgaradi. Masalan, o‘ta yengil penoplastlarning massa bo‘yicha suv 
shimuvchanligi hususiy massasiga nisbatan 20-40 marta katta bo‘lishi 
mumkin. Material g‘ovaklari yopiq bo‘lsa, suv shimuvchanligi kam bo‘ladi.
Materiallarning suv shimishi issiqlik izolyasiyasi xususiyatlarini keskin 
kamaytiradi va shu bilan birga mustahkamligini pasaytiradi.
Ularning suv shimuvchanligini kamaytirish maqsadida tarkibiga 
gidrofobizatsiyalovchi qo‘shimchalar qo‘shish, yuzasini gidroizolyasion 
materiallar bilan qoplash va zichlashtiruvchi moddalarni yuzaki (5-10mm) 
shimdirish va boshqa usullarni qo‘llash mumkin.
Binolar qurilishida issiqlik izolyasiyasi materiallarining ishlatilishi 
xonalarni devorlar orqali tabiiy shamollashiga qarshilik qilmaydi.
Turar joy binolarida devorlar va to‘suvchi konstruksiyalar gaz va havo 
o‘tkazuvchan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Namlik Yuqori bo‘lishi ehtimoli 
mavjud bo‘lgan sanoat binolari issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan 
qoplanganda xonaning ichki tomonidan kafolatli gidroizolyasiya vositalari 
bilan himoyalanishi kerak.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari yonuvchanligi 800-850
0
S haroratda 20 
daqiqa davomida ushlab turib aniqlanadi.
Har bir material uchun ishlatish ruxsat etilgan harorat belgilangan bo‘lib, 
ushbu chegaradan Yuqori haroratda buyumlarning fizik-mexanik xossalari 
o‘zgarishi mumkin. Yonadigan materiallar ishlatilganda ularni yonishdan 
saqlash chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.


Issiqlik izolyasiyasi materiallari bevosita kimyoviy va biologik agressiv 
muhitlarda ishlatilmasa ham, agressiv gazlar, bug‘lar ularni vaqt davomida 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Korroziya jarayoni issiqlik izolyasiyasi 
materiallariga konstruktiv xususiyatlar ham berilganda yuz berishi ehtimoli 
Yuqori bo‘ladi.
Mineral bog‘lovchilar asosidagi issiqlik izolyasiyasi materiallari odatda 
kuchsiz kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari va biologik muhitlarga chidamli 
bo‘ladi. Material kuchli kislota va ishqorlar ta’sirida bo‘lishi ehtimoliga qarab 
polimer bog‘lovchilarning turi tanlanishi mumkin.
Masalan, rangli metallurgiya sexlarida furan, epoksid, fenol-formaldegid 
polimerlari asosidagi issiqlik izolyasiyasi materiallari ishlatiladi. Organiq 
bog‘lovchilar (elimlar, kraxmal, karboksilmetilsellyuloza) va to‘ldirgichlar 
(yog‘och, kanop) asosidagi issiqlik izolyasiyasi materiallari biologik muhitlar 
ta’siriga, ya’ni mikroorganizmlar, zamburug‘lar, chumoli va termitlarga 
chidamli bo‘lishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin