eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar hozirga qadar arxitektura obidalarini
bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan
foydalanish tarixi miloddan
avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar,
o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari ishlatilgan.
qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi tarixiy yodgorliklarimiz
devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga
sazovor. Ganch o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar
bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va
yengil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni
qurilish industriyasining
asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish
industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin
pasayadi.
Qurilishni mukammallashtirish va tezlatish, zamonaviy qurilish materiallarini
ko‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi materiallar, Shisha
buyumlar, lok-bo‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq
xo‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik
muhitni barpo etadi.
Qurilish materialshunosligi fanining rivojlanishiga A.Baykov,
Yu.Bajenov, P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Ribev, S.Baybolov,
Y.Shtark, B.Skramtaev, A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta hissa
qo‘shdilar.
O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar bilan
mustahkam aloqa o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi,
Germaniyaning
“Knauf” korporatsiyasi, AQSHning “Armstrong” firmasi shular jumlasidandir.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga Yuqori sifatli, tannarxi
arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo zaminida
ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish
sohalarini belgilash kiradi.
Yer yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida
energiya samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi yoki yiliga 17
million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri
keladi. Shunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40
foizi binolarga xos
jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Birlashgan millatlar
tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda
binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni
bajarmoqda. Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va
sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish
uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari, loyiha
ilmiytadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan.
Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida
qurilish materiallari va
buyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.
Ushbu muammoning asosiy echimlaridan biri issiqlik izolyasiyasi
materiallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya
xossalarini keskin yaxshilar, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi
echimi ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning echimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarni talabalik
davridan e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi
natijalar beradi.
Binolar qurilishida va eskilarini qayta qurishda energoaudit institutini kiritish
davr talabiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Birlashgan
millatlar tashkilotining rivojlanish Dasturi va Global ekologik fondning “Sotsial
ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish” mavzusidagi qo‘shma loyihasi
asosida KMK 2.08.05-97, KMK 2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, KMK 2.01.18-
2000, KMK 2.04.05-97, KMK 2.03.10-95 va KMK 2.08.04-04 kabi meyoriy
xujjatlarga energiyani tejash bo‘yicha majburiy talablar qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: