Gips bog`lovchilarning ishlab chiqarishda chiqindilardan foydalanish
Gips havoyi bogʼlovchi boʼlgani tufayli nam va suvli sharoitda mustahkamligi kamayadi. Uning namlikka chidamligini qisman oshirish uchun domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimer bogʼlovchilar qoʼshilib yoki gipsdan tayyorlangan buyum va qismlar sirtini suvga chidamli lak-boʼyoq moddalar va plyonkalar bilan qoplash mumkin.
Gips bogʼlovchisining ishlatilishi. Qurilishbop gips isteʼmolchilarga qoplangan yoki toʼkilgan holda vagon va avtomashinalarda tashiladi. Maxsus qoplanmagan gipsni namlik va ifloslanishdan saqlash zarur. Har holda gips bogʼlovchisini uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi.
Qurilishbop gips asosida pardadevor plitalar, kichik oʼlchamdagi panellar, paz va greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilyatsiya va arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Qurilishbop gipsdan oddiy va murakkab suvoq qorishmalari, manzarali rangli va relefli qorishmalar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Yuqori mustahkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 15-25 MPa atrofida boʼlib, undan devor elementlari, yigʼma devorbop pardadevor plitalar, arxitektura qismlari tayyorlanadi.
Qolipbop gips keramik va chinni-fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Foydalanilgan adabiyotlar:
A.E.Odilxo’jayev <> ,, « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi” Toshkent – 2020