Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra
qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan 
materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi.
Asosiy materiallar
deganda ob’ektlarni qurish, montaj qilish, kengaytirish
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh 
rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi. Ularga sement, g‘isht, taxta, bolar, 
armatura, truba, linoleum, marmar, granit, mix, oyna, ohak, bo‘yoq, gips va shu 
kabi ko‘plab boshqa materiallar kiradi. Ushbu materiallarsiz qurilish ishlarini olib 
borib bo‘lmaydi. Shu bois ham ushbu asosiy materiallarning mavjudligi, ularning 
butligi, harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish buxgalteriya hisobi oldida 
turgan muhim vazifalardan biridir. 
Yordamchi 
materiallar
deganda 
qurilish 
ishlarida 
bosh 
rolni 
o‘ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida qo‘shimcha tarzda ishlatila-digan 
materiallar tushuniladi. Bunday materiallar bo‘lib, masalan, pegmentlar, sinka, to‘l, 
yoqilg‘i, moylash materiallari, o‘rov materiallari va shu kabilar hisoblanadi. 
Ko‘rinishi, jismi va nomlanishiga ko‘ra
qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan 
materiallarni ko‘plab turlarga ajratish mumkin, masalan, temir va yog‘och 
materiallari, shisha materiallar, suyuq va qattiq jismli materiallar va boshqalar. 
Saqlash usuliga ko‘ra
qurilish tashkilotlarida materiallarni ochiq va yopiq 
usullarda saqlanadigan materiallarga bo‘lish mumkin. Masalan, g‘isht, temir, truba, 
tosh va shu kabi materiallar ochiq ko‘rinishda turli maydonchalarda saqlanadi. 
Sement, ohak, gips, lak, bo‘yoqlar va boshqa shu kabi materiallar yomg‘ir va qor 
tegmaydigan, 
namiqmaydigan 
joylarda, 
shuningdek 
maxsus 
saqlash 
moslamalarida (sisterna, bochka va boshqalarda) saqlanadi.

Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin