Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


 9340 «O‘tgan yillar foydasi»



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

 

9340 «O‘tgan yillar foydasi» 
schyotining kreditida hisobot yilda 
aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib, masalan,
muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan 
yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni 
kamaytirilishi va boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar 
foydasini tiklanganligini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy 
valyutadgi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 4000 «Olinadigan 
schyotlar» debetlanadi. 
 

9350 «Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» 
schyotining kreditida qisqa 
muddatli ijaradan olingan daromad summasi 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha 
olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. 
 

9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan
daromadlar» 
schyotining kreditida muddatida (3 yildan oshiq muddatda) undirib 
olinmagan qarzlarni qurilish tashkiloti foydasiga o‘tqazishdan olingan daromadlar 
mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (6010, 6110, 6710, 
6720, 6900 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. 
 

9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari»
schyotining 
kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan (sog‘liqni saqlash 
bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi, sauna, sanatoriylar, 
oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks 
ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar


masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob 
schyoti», 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» schyotlari debetlanadi. 

Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin