Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


 9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

 

9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 
schyotining kreditida 
turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan 
moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks 
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul 
mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 0100 «Asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi schyotlar schyoti», 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va 
boshqa schyotlar debetlanadi. 
 

9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
schyotining kreditida yuqorida 
keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan 
inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar 
aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi 
schyotlar (0100, 1000, 2800, 2900, 5000 va boshqalar) debetlanadi. 
 
Qurilish 
tashkilotlarida 
asosiy 
faoliyatdan 
olingan 
qo‘shimcha 
daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur 
segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-orderda olib boriladi.
3.UMUMXO‘JALIK FAOLIYATIDAN FOYDA 
(
Fux) YOKI ZARAR 
(Zux). 
Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi: 
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf 
Bu yerda: 
Fmf 
– moliyaviy faoliyatdan olingan foyda; 
Zmf
- moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar. 
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari moliyaviy faoliyatidan
olingan daromadlar 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi 
schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Bu 
schyotlarning kreditida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning turlari hisoblash 
tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. Bunda olinadigan royalti, dividend va foizlar, 
debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (4810, 4820, 4830, 4010 va boshqalar) 
debetlanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning analitik hisobi 
ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-
orderda olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir 
harajatlarning hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: 


Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin