(qoplanmagan zarari)».
Qurilish tashkilotlarining hisobot yilida ko‘rgan
zarari yil yakuni bilan
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet
8710 «Hisobot darvining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)».
Kredit
9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning analitik hisobi 15-s
jurnal-orderda olib boriladi.
7.2. Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va ularning
hisobi
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra qurilish tashkilotlari
tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ixchamlashtirilgan
yagona
soliq
rejimida
faoliyat
ko‘rsatishi uchun,
birinchi mavzuda
ta’kidlanganidek, qurilish tashkilotlari kichik biznes sub’ektlariga kiritish
mezonlari talablariga mos kelishi lozim. Kichik biznes sub’ektlariga kiruvchi
qurilish tashkilotlari umumdavlat soliqlarini to‘lovchilari
sifatida ham faoliyat
ko‘rsatish huquqiga egadirlar.
Qurilish tashkilotlari to‘laydigan umumdavlat soliqlarini buxgalteriya hisobi
ob’ekti sifatida turlicha tasniflash mumkin (7.1-jadval).
7.1-jadval
Qurilish tashkiloti to‘laydigan soliqlarning tavsifi
t/r
Soliqning nomi Byudjet
turi
Bevosita /
bilvosita-
ligi
To‘g‘ri/
egri
soliqligi
Olib boriladigan
schyotlarining turi
1
QQS
respub-
lika
bil-
vosita
egri
Olinadigan
schyotlarni
hisobga oluvchi
schyotlar
2
Daromad
(foyda) solig‘i
respub-
lika
bevosita
to‘g‘ri
Daromadning ishlatili-shini
hisobga oluvchi schyotlari
3
Mol-mulk
solig‘i
mahal-
liy
bevosita
to‘g‘ri
Davr harajatlarini hisobga
oluvchi schyotlar
4
Yer solig‘i
mahal-
liy
bevosita
to‘g‘ri
Davr harajatlarini hisobga
oluvchi schyotlar
5
Suv solig‘i
respub-
lika
bevosita
to‘g‘ri
Davr harajatlarini hisobga
oluvchi schyotlar
6
Infrastruk-
turani
rivoj-
lantirish solig‘i
mahal-
liy
bevosita
to‘g‘ri
Daromadning ishlatili-shini
hisobga oluvchi schyotlar
7
Dividend solig‘i respub-
lika
bilvosita
egri
Dividend bo‘yicha hisob-
kitoblarni hisobga oluvchi
schyotlar
8
Xodimlar
daromadidan
soliq
respub-
lika
bilvosita
egri
Ish haq bo‘yicha hisob-
kitoblarni hisobga oluvchi
schyotlar
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, qurilish tashkilotlari to‘laydigan
soliqlar bevosita va bilvosita yoki, mos ravishda, to‘g‘ri
va egri soliqlarga,
respublika byudjetiga va mahalliy byudjetga to‘lanadigan soliqlarga, olinadigan
schyotlar, harajatlar, daromadlarni ishlatilishi hamda xodimlar va ta’sischilar bilan
hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlarga olib boriladigan soliqlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: