Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
 
1-ilova 
 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «149- HMK» ning hisob 
siyosatidan ko‘chirma 
1.Korxonada buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining qonunlar va qonun osti 
hujjatlari asosida yuritiladi. 


2.Buxgalteriya hisobi bosh hisobchi rahbarligidagi buxgalteriya tomonidan olib boriladi. 
3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni ma’lumotlarining haqqoniyligi, o‘z vaqtidaligi 
va boshqa sifat jihatlariga mas’ullik korxona rahbariga yuklatiladi. 
4.Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ichki axborot foydalanuvchilarga o‘z vaqtida 
yetkazib berish mas’ulyati rahbar tomonidan bosh hisobchiga yuklatiladi. 
5.Korxonada buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasi, buxgalteriya va buxgalteriya 
xodimlarining funksional majburiyatlari to‘g‘risidagi nizomga asosan yuritiladi. 
6.TMB, pul mablag‘lari, boshqa aktivlar va majburiyatlar rahbar tomonidan 
tasdiqlanadigan jadval asosida inventarizatsiya qilinadi.
7.Buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlari hisobini yuritishda quyidagi tamoyillar va 
tartiblarga amal qilinadi:
a) materiallar hisobi AVEKO (o‘rtacha baholar) usulida yuritiladi; 
b) barcha asosiy vositalar bir maromli usulda amortizatsiya qilinadi, bunda Soliq kodeksida 
ko‘zda tutilgan quyidagi me’yorlar qo‘llaniladi: bino va inshoatlar - 5 %; mashina va asbob-
uskunalar -15 %; kompyuterlar - 20 %; ofis mebeli va jihozlari -15 %; yuk transporti vositalari 
va avtobuslar - 15 %, yengil avtomobillar – 20 %; boshqa asosiy vositalar -10 %; 
v) elektr energiyasi, suv va gaz ta’minoti dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» 
schyotida to‘planadi va oy oxirida ishlab chiqarish, sotish va boshqaruv harajatlariga 
taqsimlanadi; 
g) mashina va asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish harajatlari dastlab 2510 «Mashina va 
asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish harajatlari» schyotida to‘planadi va oy oxirida ishlagan 
vaqtiga ko‘ra ob’ektlar o‘rtasida taqsimlanadi va mos ravishda ularning qiymatiga kiritiladi; 
d) qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari tugatilish foizi (bosqichi, navbati)ga ko‘ra 
ma’lumotnoma-schyot-faktura asosida daromadga olinadi; 
e) qurilish, qurilish montaj, ta’mirlash ishlari tannarxi ularning tugatilishiga ko‘ra 
bosqichli, (navbatli) usulga haqiqatda sarflangan harajatlar asosida aniqlanadi; 
j) korxonada vujudga kelgan dargumon qarzlar boshqa operatsion harajatlarga rezerv 
tashkil etilmasdan tegishli hujjatlar asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobdan chiqariladi;.
z) korxona umumbelgilangan soliqlar va majburiy ajratmalarni davlat byudjeti 
parametrlarida ko‘rsatilgan me’yorlarda to‘laydi. 
i) vaqtinchalik schyotlar yil yakuni bo‘yicha yopiladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin