hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20
tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha, o‘rta korxonalar
bo‘lib xodimlarining soni 100 tagacha va yirik korxonalar bo‘lib xodimlarining
soni 100 dan oshiq bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000
AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va
xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi.
Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh
pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: