«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari
asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va
tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar.
Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish
bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim
etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona
buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi
talablarga mos kelishlari lozim:
ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va
mutaxassislarga ega bo‘lishlari;
tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;
shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va
vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari;
tanlovga
qo‘yilgan
ob’ekt
qurilishini
olib
borish
uchun
markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari;
byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi;
joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar.
«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov
savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari
qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda
tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi.
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring
kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining
subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va
subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida
belgilanadi.
Quriladigan ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna,
material va buyumlarni yetkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va
boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu hujjatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st
bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita
majburiyatlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: