Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari
Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m. 10-s qaydnomaning 2-va -3 bo‘limlarida har bir moddiy javobgar shaxs
bo‘yicha materiallarning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i, shuningdek ularning
kirim va chiqimi hisob baholarida aks ettiriladi. Chunonchi, bu bo‘limlarda
materiallarning chiqimi ularning hisobdan chiqarilish yo‘nalishlarini ifodalovchi
sintetik schyotlar hamda analitik schyotlarning aniq moddalari bo‘yicha
ko‘rsatiladi. Qaydnomaning materiallar chiqimini ifoda etuvchi yig‘ma
ma’lumotlari korrespondensiyalanadigan sintetik hamda analitik schyotlar
bo‘yicha 10-s jurnal-orderga o‘tkaziladi. Bu jurnal-orderda qurilish ishlariga
sarflangan materiallarning qiymati materiallar harakati va sarfi to‘g‘risidagi
hisobotlarda (M-19 va M-29 shaklli hisobotlar) ko‘rsatilgan harajat ob’ektlari
bo‘yicha taqsimlab chiqiladi.
Qurilish tashkilotlarida ta’minotchilar bilan sotib olingan materiallar bo‘yicha
hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 6-s jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu
jurnal-orderga yozuvlar xronologik tarzda ta’minotchilardan olingan materiallarga
guvohlik beruvchi schyot-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari qurilish ishlarini buyurtmachilarning o‘zlari taqdim
etgan materiallar hamda o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar asosida ham
bajarishlari mumkin. Agar ushbu boyliklarni buyurtmachi tomonidan berilishi
qurilish ishlari shartnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda ular qurilish
tashkilotlarida balansdan tashqari 003 «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar»
va 005 «»O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar» schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlarga yozuvlar faqat bir tomonlama qilinadi. Chunonchi, materiallar va
uskunalarning buyurtmachilardan olinishi ushbu schyotlarning debetida, sarflanishi
esa kreditida aks ettiriladi.
Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilardan qurilish ishlarida foydalanish
uchun olgan materiallar va uskunalar bo‘yicha material hisoboti alohida yuritiladi.
Bu materiallar va uskunalar faqat buyurtmachilarga tegishli qurilish ishlariga
sarflanadi. Olingan materiallar va uskunalarning sarfi M-29 shaklli hisobot va unga
ilova qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Buyurtmachilardan olingan materiallar va uskunalarning qiymati qurilish
ishlarining umumiy smeta qiymatiga kiritiladi, ya’ni ular pudratchi va buyurtmachi
o‘rtasida tuziladigan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida
ma’lumotnoma–schyot-faktura»da buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan
materiallar va uskunalar qiymati alohida qatorlarda ko‘rsatiladi, biroq ular o‘zaro-
hisob kitoblarda to‘lov summasiga kiritilmaydi.