Debet 1000 «Materiallar hisobi schyotlari» (mos schyotlar)
Kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar».
Materiallar bo‘yicha aniqlangan kamomadlar hisobda quyidagicha aks
ettiriladi:
(1) aniqlangan kamomadning umumiy summasiga: Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar»
Kredit 1000«Materiallar hisobi schyotlari» (mos schyotlar).
(2) moddiy javobgar shaxs bo‘yniga olib borilgan kamomad summasiga:
Debet 4730 «Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi»
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar»
(3) korxona zarariga olib borilgan kamomad summasiga:
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar.
Inventarizatsiya aniqlangan kamomadlar moddiy javobgar shaxslardan naqd
pul yoki ularning ish haqlaridan ushlab qolish yo‘li bilan undirib olinadi.
TAYANCH IBORALAR Asosiy materiallar Yordamchi materiallar Qurilish materiallari Buyurtmachi materiallari Qiymatni baholash usullari O‘rtacha baho Reja tannarxidagi qiymat Haqiqiy tannarxdagi qiymat Qiymatdan chetlanish Material kirimi Talabnoma Limit-zabor varag‘i Hisobdan chiqarish dalolatnomasi Ichki naklodnoy Material sarfi Materialning sotilishi Material hisoboti Material sarfi hisoboti Materiallar hisobi Material kamomadi Kamomadni undirish Materiallar ortiqchasi O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL – JAVOBLARI Xo‘jalik situatsiyasi 1050 «Qurilish materiali» schyotining oy boshiga qoldig‘i hisob bahosi bo‘yicha 5000000 so‘m, 1610 «Materiallar qiymatidagi farq» schyotining debet qoldig‘i 100000 so‘m.