4.3-jadval Qurilish tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni schotlarda aks ettirish
Ushbu passiv schotlaming bosh va oxirgi qoldiqlari mos ravishda
hisobot oyining boshi va oxirida qurilish tashkilotining o‘z xodimlari oldidagitoianmagan ish haqi hamda deponentlangan ish haqi bo‘yicha qarzini
ko‘rsatadi. Bu schotlaming kreditida mos ravishda qurilish tashkilotining
ish haqi bo‘yicha qarzini ko‘payishi, debetida esa ushbu qarzning kamayishi
quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (4.3-jadval).
Mehnatga haq toiash bo‘yicha liisob-kitoblaming tahliliy hisobi qurilish
tashkilotlarining alohida olinganjavobgarlik markazlari (qurilish obyektlari,
qurilish ishlari turlari, xarajat moddalari) bo‘yicha 10-sjumal-orderda
olib boriladi. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashga ketgan sarf-xarajatlami
ikkita guruhga ajratish muinkin: (1) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar; (2) qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi xarajatlari.
Bu guruhga kiruvchi xarajatlar, o‘z navbatida, yana ikki turga boiinadi:
(1) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi
xarajatlari; (2) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat
haqi xarajatlari.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi
xarajatlariga aniq qurilish ishi uchun uni olib borgan ishchi xodimlarga
hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat haqlari kiritiladi. Bitta qurilish
obyekti bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi xarajatlari boshqa qurilish
obyektiga doir mehnat haqi xarajatlariga kiritilishi mumkin emas. Bunday
xarajatlar buxgalteriyada 2010 ≪Asosiy ishlab chiqarish≫ schoti doirasida
har bir qurilish ishlari obyekti uchun ochilgan mos tahliliy schotlarda aks
ettirilishi lozim.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi
xarajatlariga barcha qurilish obyektlariga taalluqli boigan hamda ular
o‘rtasida taqsimlanishi lozim boigan mehnatga haq to‘lash xarajatlari kiradi.
Bunday xarajatlar bo‘lib, jumladan, qurilish mashina va mexanizlarining
boshqaruvchilariga (mashinistlarga) hisoblangan ish haqi, yordamchi
avtoxo‘jalik xodimlariga hisoblangan ish haqi va shu kabilar hisoblanadi.
Ushbu turdagi yordamchi xo‘jaliklar hisobot oyida turli qurilish obyektlariga
xizmat ko‘rsatganligi uchun hisoblangan ish haqi xarajatlarini u yoki bu
qurilish obyekti tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydi. Shuninguchun bu xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan ish haqi xarajatlari dastlab 2310
≪Yordamchi ishlab chiqarish≫ va2510 ≪Umiunishlab chiqarish xarajatlari≫
schotlarida to‘ planadi, so‘ ng hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ ra
tegishli qurilish ishlari o‘rtasidataqsiinlanadi hamda mos ravishdaulaming
tannarxiga kiritiladi.
Hisobot oyida mehnatga haq toiash xarajatlarini qurilish ishlari o‘rtasida
quyidagicha hisob-kitob qilinadi (4.4-jadval). Ushbu ma’lumotlar RT-2
hamda RT-5s shaklli ishlov qaydnomalarida o‘z aksini topadi. Qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan mehnat haqi