1.2. Korxonaning ish rejimi.
Korxonaning ishlash rejasi texnologik asboblar, hom-ashyo oqimi, ishlaydiganlarning ro’yxatini hisoblash uchun asosiy belgi bo’lib qoladi va yil ichida ish kuni va sutkada ishlash navbati soni bilan fazilatlanadi. Asosiy ish olib bormaydigan, yoki ishlab chiqarishda ikkilamchi rol o’ynaydigan sex va bo’limlar ikki navbat ish tarkibida ishlash mumkun. Shu munosabat bilan quydagi ish tartibi qabul qilinadi: Bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish zavodlari odatda ikkita asosiy sexga ega bo’ladi. Ular: kuydirish va maydalash sexlari. Bazi bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish sexlarida zavodlarida uchinchi sex tuyish sexlari ham mavjud bo’ladi. Tayyor mahsulotlarning ombori bilan kuydirish sexlari uchun ishni sutkada uch navbat bo’yicha va bir yilda uzluksiz hafta bo’yicha 350 kun deb hisoblaydi, qolgan 10 kunni har yili tuzatish uchun ajratiladi. Asosiy ish olib bormaydigan yoki ishlab chiqarishda ikkilamchi rol o’ynaydigan sex va bo’limlar ikki navbat ish tarkibida ishlashi mumkin. Maydalash sexlari uchun ish tartibi esa bir yilda uzluksiz hafta bo’yicha 305 kun, navbat navbat soni esa bir sutkada ikkita deb qabul qilingan, uchinchi navbatda esa asbob-uskunalarni tuzatish ishlari olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |