Qurilishni boshqarish


-rasm. "O’zagroservis"AJning boshqaruv apparati tuzilmasi14



Yüklə 188,17 Kb.
səhifə13/16
tarix01.04.2022
ölçüsü188,17 Kb.
#54578
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
30810(1)

5-rasm. "O’zagroservis"AJning boshqaruv apparati tuzilmasi14


Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida juda ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liq yagona tizimini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotish va servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, servis korxonalari va mashina-traktor parklarini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan



14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―17 noyabr 2016-yil №PQ-2658 sonli qarori 5-ilova



xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini keng joriy qilish va soha korxonalarini strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "O‘zagrosanoatmashxolding" XK, "O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing" AJIK,

―O‘zagromashservis" uyushmasining qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati ko‘rsatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘qrisidagi taklifi qabul qilindiva uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

"O‘zagrosanoatmashxolding" XKni qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etishga ixtisoslashayotgan "O‘zagrotexmash" aksiyadorlik jamiyati;

"O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing"AKni qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berishga ixtisoslashayotgan "O‘zagrolizing"aksiyadorlik jamiyati;

"O‘zagromashservis" uyushmasini qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmati ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashayotgan "O‘zagroservis" aksiyadorlik jamiyati.



  1. Quyidagilar "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilangan: ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning eqtiyot qismlariga bo‘lgan talab-eqtiyojning tizimli marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga, eng avvalo "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish;

-zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan

boqdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik uchun maxsus texnika ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish;

-ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hisobiga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalar barpo etish va amaldagi korxonalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy ilg‘or texnika turlari va texnologiyalarni joriy qilish, bu jarayonga investitsiyalar, eng avvalo xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;

-tarmoq korxonalariga qishloq xo‘jaligi uchun turli xil texnika va mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan lizing asosida va eksport qilishda yordam ko‘rsatish;

-qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish va servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, tarmoq korxonalari va tashkilotlarini zarur moddiy-texnika resurslar hamda ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash sohasida yagona texnik va servis siyosatini o‘tkazish; rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida va zamonaviy talablarni hisobga olgan xolda mashina-traktor parklarini rivojlantirish istiqbollarini belgilash, qishloq xo‘jaligi texnikasini ta‘mirlash va servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish, respublika qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar hamda boshqa turdagi servis xizmati ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish; qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, sotish, servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish chora tadbirlari belgilangan.

Bundan tashqari yangi tashkil etilgan "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatining boshlang‘ich ustav kapitali "O‘zagrotexmash" AJ, "O‘zagrolizing" AJ va "O‘zagroservis"AJning ustav kapitalidagi aksiyalarning davlat paketlarini nominal qiymati bo‘yicha o‘tkazish hisobiga shakllantirilgan. "O‘zagroservis" AJning boshlang‘ich ustav kapitali "O‘zagromashservis" uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini nominal qiymat bo‘yicha o‘tkazish hisobiga, shuningdek

"O‘zagromashservis" uyushmasi qatnashchilari tomonidan balans qiymati bo‘yicha davlat ulushini shakllantirishga bepul topshirilayotgan mazkur uyushmaning mol- mulki hisobiga shakllantiriladi."O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha yana bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Yüklə 188,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin