KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Qurilish tarmog’ida ko’p ukladli iqtisodiyot barpo
etilib, turli hil mulkchilikka asoslangan qurilish korhonalarining faoliyat yurita
boshlashi, ishlab chiqarish jarayonida raqobatning vujudga kelishiga asos yaratadi
va bu o’z navbatida ishlab chiqarishiqtisodiy samaradorligining yuksalishiga olib
keladi.
Ho’jalik-ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik darajasi ortishi katta
ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo’lib, ishlab chiqarishfaoliyatining foydali natijasi
quruvchilar moddiy manfaatdorligining o’sishini va ortiqcha sarf-harajatlarning
tejalishini, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy zarur mahsulotlarga bo’lgan talabini
qondirishni ta'minlaydi.
Iktisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida qurilishning yangi shakllarini
rivojlantirish muhimahamiyat kasb etadi. qurilishsohasiiqtisodiy naf keltiradigan,
aholini ish bilan taminlashga, shuningdek, ishlab chiqarish korhonalarini va uy-joy
va barcha bino va inshootlarni qurish hisobiga ichki va tashqi bozorlarga sanoat
mahsulotlarini chiqarishga axolining uy joyga bo’lgan talabini qondirishga va
pirovard natijada iqtisodiyotni rivojlantirishga o’z ta'sirini o’tkazadi. Bozor
munosabatlarining chuqurlashuvi, ho’jalik yuritishning ilg’or usullarini joriy etish
va ishlab chiqarishni ilmiy-tehnikaviy jihatdan rivojlantirish shartlari hozirgi kunda
qurilishida korhonalarining ho’jalik-ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini
oshirish yo’llarini aniqlashning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ko’rsatadi.
hozirda
qurilish
korhonalari
ho’jalik
faoliyati
samaradorligining
past
darajadagiligining asosiy sabablaridan biri-bu ishlab chiqarishni boshqarish va
tashkil etish usullarining yangi iqtisodiy sharoitlarga mos kelmasligidandir.
Zero prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, ―2009 yilgi iqtisodiy dasturimizning
ikkinchi eng muhimustuvor yo’nalishhi - boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va
iqtisodiyotni diversifikaciya qilishh jarayonlarini davom ettirishdir‖ zarur.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar qurilish korhonalarining ho’jalik faoliyatining
samaradorligini
oshirish
masalalarini
chuqurroqo’rganish
vazifalarining
muhimligini hamda ushbu mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.