Qurilishni boshqarish



Yüklə 128,04 Kb.
səhifə12/12
tarix18.04.2022
ölçüsü128,04 Kb.
#55695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Qurilishni boshqarish-fayllar.org

Yangi tovar ishlab chiqarishbo’yicha marketing strategiyashini ishlab chiqish 


Yuqorida aytib o’tilganidek, barcha yangi tovarlarning faqat 10 foizigina 

haqiqatdan ham yangi original hisoblanadi va jahon miqyosida yangi tovarlar deb 

ataladi. Bunday yangi tovarlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish 

va bozorga olib chiqish katta harajatlar sarflashni talab qiladi hamda tavakkalchilik 

darajasi yuqori bo’ladi. Bu esa kompaniyalarning yangi tovarlar ishlab chiqishni 

aksariyat hollarda mavjud tovarlarni takomillashtirish va modifikasiyalash bilan 

bog’lashlariga sabab bo’ladi. 

Yangi tovarlarni ishlab chiqish va bozorga kiritish innovasion siyosat asosida, 

hususan, tovar innovatsiyashi jarayonining tamoyillari va usullari asosida amalga 

oshiriladi. 

Innovatsiya jarayoni quyidagi oltita bosqichni o’z ichiga oladi: 1) yangi 

tovarlar haqidagi g’oyalarni izlab topish; 2) g’oyalarni tanlash; 3) yangi tovar 

g’oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish; 4) tovarni ishlab chiqish; 5) 

tovarni bozor sharoitlarda test va sinovdan o’tkazish; 6) tovarni yangi bozorga 

kiritish  

Tovar innovatsiyashi jarayoni yangi tovarlar haqidagi g’oyalarni izlab 

topishdan boshlanadi.Korhonaning ichki vatashqi g’oya manbalari tovarlar 

qaqidagi g’oyalar uchun baza vazifasini bajaradi. 

Tashqi goyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: savdo korhonalari; 

haridor va iste'molchilar; raqobatchilar; ko’rgazma va yarmarkalar; turli hil 

nashrlar; tadqiqot institutlari; ta'minotchilar; ishlab chiqarishning boshqa 

tarmoclarida ishlab chiqarilgan tovarlar; reklama agentliklari; ho’jalik 

birlashmalari, vazirliklar va boshqa davlat organlari. 

Ichki goyalar qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari 

bo’limlari; tehnik va istiqbolli rivojlanish bo’limlari; patent bo’limlari; ishlab 

chiqarishbo’limi; marketing bo’limining barcha bo’linmalari; halqaro iqtisodiy 

hamkorlik bo’limi; tovarni tayyorlash bo’limi; g’oyalarni izlab topish va 

rivojlantirish bo’yicha doimiy yoki muvaqqat hodimlar guruhi. 

Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi tovar siyosatining muqobil variantlarini 

qidirib topish va ishlab chiqish,yo’ ularning imkoniyatlarini asoslab berishdan 

iboratdir. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini oshirish maqsadida 




tovar innovatsiyasining g’oyalarni izlab topish yoki g’oyalar olish 

bosqichig’oyalarni baholash bosqichi vag’oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi 

asosiy muammolarga alohida e'tibor qaratish zarur.Yangi tovarni rejalashtirish 

uchun turli hil usullar qo’llanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

XULOSA 


Hozirgi jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi sharoiti butun iqtisodiyotda, shu 

jumladan,  qurilishida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bog’liq 

masalalar majmuasini jiddiy anglash va tadqiq qilishni talab etadi. 

Xo'jalik faoliyati shakllanishining nazariy asoslari, ularning bozor iqtisodiyoti 

ehtiyojlariga mos javob beradigan xo'jalik yuritish mexanizmini ko'rib chiqish, 

qurilish korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'llarini izlash 

zaruriyatini keltirib chiqaradi. 

Qurilish korxonalarida xo'jalik yuritishning markaziy muammolaridan biri-bu 

bozor shartlariga to'liq mos keladigan xo'jalik yuritish mexanizmini yaratish 

hisoblanadi. Qurilish korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish aynan 

shu nuqtai-nazardan ko'rib chiqilmog’i zarur. Qurilish korxonasi ishlab chiqarish 

samaradoriligini oshirishga ta'sir qiluvchi omillar yakka holda emas, balki o'zaro 

bog’liq holda qurulishi kerak. 


Qurilish sohasi o'zining xususiyatiga ko'ra tadbirkorlikka kam moslashgan. 

Lekin, O'zbekistonda yaratilgan huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar qurilishida 

tadbirkorlik faoliyatini olib borishda asosiy omil hisoblanadi. Qurilishida xususiy 

firmalarning tashkil etilishini rivojlantirish, ularda korporativ boshqarish tizimini 

takomillashtirish, kichik va xususiy qurilish korxonalarini hamda bozor 

infratuzilmasini rivojlantirish zarur. 

Qurilish korxonalarining xo'jalik faoliyatining samaradorligini resurslar 

samaradorligining ta'minotini yaxshilash hisobiga oshirish mumkin.qurilishida 

ishlab chiqarish samaradorligi bevosita ho'jalik yuritish jarayoni faoliyati 

natijaviyligiga bog’liq. Bu ho'jalik yuritish tizimining takomillashuviga va ishlab 

chiqarish tejamkorligini ta'minlashni asosladi. 

Iqtisodiiy samaradorlikning yangi metodologik va uslubiy asoslarini yaratish 

hozirgi ho'jalik yuritishning eng muhim vazifasi hisoblanadi. hozirda ho'jalik 

faoliyati hususiyatini va bozor iqtisodiiyoti tizimi hususiyatlarini hisobga oladigan 

samaradorlik mezonlari va ko'rsatkichlarini tizimlashtirish iqtisodiiy 

samaradorlikni aniqlashning asosiy sharti sifatida qaror topmoqda. 

Olib borilgan tadqiqot ishlaridan kelib chiqib, quyidagicha hulosa va takliflar 

qilish mumkin: 

1. xo'jalik yuritishning nazariy asoslarini o'rganish va ulardan ishlab 

chiqarishni tashkil etishda foydalanish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan 

hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarishga nazariy yondashuvlar nafaqat xo'jalik 

faoliyati samaradorligini, balki moddiy, tehxikaviy, moliyaviy va insoniy 

resurslarning samaradorligini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq 

foydalanishga olib keladi. 

2. Qurilish korhonalari ho'jalik faoliyati samaradorligining past 

darajadagiligining asosiy sabablaridan biri-bu ishlab chiqarishni boshqarish va 

tashkil etish usullarining yangi iqtisodiiy sharoitlarga mos kelmasligidandir. Shu 

sababli qurilish korhonasining ho'jalik yuritish faoliyatini boshqarish va tashkil 

etishni nazariy rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb maslalaridan hisoblanadi. 

3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida tovarli mahsulot 

miqdori o'sishini ta'minlash, qurilish tashkilotida eng ko'p miqdorda sof mahsulot 




va foyda olish, qurilish muddatlarini qisqartirish va chegaralangan yoki eng kam 

mehnat harajatlari bilan ishlash, aylanma harajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlari 

va moddiy resurslar sifatini oshirishdan iborat. 

4. Hozirgi bozor iqtisodiiyoti sharoitida rentabellik darajalarining o'sishi va 

ishlab chiqarish foydaligini ta'minlash har qanday qurilish tashkilotining muhim 

vazifasi hisoblanadi, vaholanki, endilikda uning ko'plab masalalari davlat 

mabla’lari hisobiga emas, balki o'zi qo'lga kiritgan mablag’lar hisobiga hal 

qilinadi. Shuning uchun mam ular bozor iqtisodiiyoti sharoitida nafaqat ko'p «pul 

topish», foydani ko'paytirish va rentabellikni oshirishga intilishi emas, balki o'zlari 

ishlab topgan mablag’larini iqtisod qilishni va ulardan oqilona foydalanishni ham 

bilishlari kerak.  

5. Foyda va rentabellik ishlab chiqarish samaradorligining muhim 

ko'rsatkichlari hisoblanadi. Foyda-bu, bir tomondan, korhonalar fondlarining 

asosiy manbalari, ikkinchi tomondan-davlat va mahalliy byudjetlar daromadlari 

manbaidir. Bunda nafaqat foyda ko'lami va o'sishi, balki rentabellik darajasini 

hisobga olish; ishlab chiqarish fondlarining har bir so'miga nisbatan qancha foyda 

olinganligini bilish muhimdir. 

6. Korhona ho'jalik ishlab chiqarish samaradorligi uning moliyaviy holatini 

ifodalaydi. Yuqori samaradorlik boshqa tashkilotlar oldidagi majburiyatlarni o'z 

vaqtida va to'liq bajarish imkoniyatini beradi. Samaradorlikni baholashda korhona 

ishining konkret shart-sharoitlarini hisobga olish kerak, sababi ayrim hollarda 

korhonaning to'lovga qodirsizligining sababi o'zidagi bo'sh ho'jalik yuritishda 

emas, balki u ishlab chiqargan mahsulotni sotib oluvchilarning 

to'lovchansizligidadir. 

7. Korhonalar  faoliyatida iqtisodiiy bashoratlar alohida va etakchi o'rin 

egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo'nalishlar va ularga erishish 

vositalarini izlab topish, resurslarni va qo'yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini 

belgilash, korhona rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillarni 

aniqlash. 

Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot natijalariga asoslanib 




«TOSHGIPRAGOR‖  ochiq aksiyadorlik jamiyatida mavjud muammolarni va 

kamchiliklarni bartaraf etish borasida quyidagi takliflarni berishni maqsadga 

muvofiq deb topdik: 

- uzoq muddatli kreditlarni jalb qilish imkonini va uni foydaliligini tahlil 

qilish; 

-davr xarajatlarini qisqartirish va jamiyat tassarufida qoladigan foydani qayta 

investitsiyalash borasidagi strategiyalarni mukammallashtirish; 

- xo'jalik yuritish faoliyatida bozor talabalaridan kelib chiqqan holda aholiga 

pullik hizmat ko'rsatish (yuklarni tashish, ta'mirlash ishlarini bajarish, shahsiy uy-

joy quruvchilarga qurilish materiallarini nisbatan arzon narhlarda taklif etish) 

ishlarini yanada rivojlantirish; 

- yangi texnika va texnologiyalarni lizing shartnomalari asosida xarid qilish 

ishlarini jonlantirish va qurilish montaj ishlarini bajarishda ko'proq mahalliy xom 

ashyo va tovarlardan foydalanish

- korxonada o'z asosiy fondlarini ko'paytirish, shuningdek, banklardan 

imtiyozli kredit resurslarini jalb etish, lizing asosida zamonaviy texnika 

vositalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish. 

Fikrimizcha, yuqoridagi takliflardan amaliyotda foydalanilsa,           

―TOSHGIPRAGOR‖  ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish samaradorligi 

oshishi va natijada iqtisodiy mustahkam faoliyat yuritishi mumkin deb 

hisoblaymiz.



 

 



http://fayllar.org

Yüklə 128,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin