3.2 “TOSHGIPRAGOR” OAJ faoliyati samaradorligini oshirishning
asosiy yo’llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ho’jalik yuritishning bozor tizimi
hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korhonaning
iqtisodiy barharorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. har qanday ishda,
jumladan, korhonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarining mavjud
bo’lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni
yo’qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-tehnika
taraqqiyoti
korhonalarning
ishlab
chiqarish
faoliyati
samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib kelgan va hozirda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omillardan quyidagi yo’llar bilan foydalanish
mumkin:
· ishlab chiqarish va mehnatni mehanizaciyalashtirish, avtomatlashtirish
hamda majmua ravishdagi mehanizasiyalashtirish;
· asosiy tehnologik jarayonlarni robotlashtirish;
· progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan tehnologik
jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
· homashyo va materiallar(mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish
va ulardan foydalanish;
· ishlab chiqarishni tashkil qilish rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida
zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan, hisoblash tehnikasidan foydalanish;
· ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish
Amaliyotda
fan-tehnika
taraqqiyotining,
jumladan,
uning
tarkibiy
qilishlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korhonani
topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va
istaklarning o’zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-tehnika
taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishhlarini izlash va aniqlash,
ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar(investiciyalar)
izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-tehnikaviy ishlamalarga ihtisoslashgan
ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, tehnologik va boshqa ilmiy muassasalar
bilan
kerakli aloqalarni ―boqlash‖, to’rtinchidan, o’z ilmiy-tehnikaviy
maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.
Fan-tehnika taraqqiyoti so’nggi paytlargacha evolyusion ravishda rivojlanib
kelmoqda edi. Asosiy e'tibor amaldagi tehnologiyalarni takomillashtirish, mashina
va uskunalarni qilishiham zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-
tadbirlar ma'lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi.
Yangi tehnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik
talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishhning horijiy
progressiv tehnologiyalari ―ekspluatorlik belgisi‖ sifatida, ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va mehanizaciyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul
qilinar edi. Horij tajribalariga kapitalistik tajriba deb harajatlardi hamda bu
tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qo’yilmas edi.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat
o’zgarishlari, tamoyillari yangi tehnologiyalar va so’nggi avlod tehnikasiga o’tish,
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va tehnikaning eng yangi yutuqlari asosida
qayta qurollantirish zarur. Shu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis
va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy
manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Korhonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim
omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati-asosiy va aylanma
fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni
ko’rsatish mumkin. Bundan tashhari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi,
ya'ni korhonaning bugungi egalaridan tashhari avvalgi avlod vakillarining ham
mehnati mavjudligi Bilan izoqlash mumkin.
Iktisodiyotni moderizaciyalash sharoitida ishlab chiqarish salohiyatinidan
unumli foydalanish zaruriyati haqida, qayta ta'kidlashga ehtiyoj yo’q: birinchidan,
bozor ―vakuumni‖, harakatsizlikni, ho’jasizlikni va yo’qotishlarni kechirmaydi,
ikkinchidan, o’z imkoniyatlari va resurslaridan etarlicha foydalanmaydigan
korhona istiqbolga ega bo’lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratiladi. Shu
sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab
chiqarishning barcha bo’inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korhona
faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi.
Korhonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-
iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o’ringa ega. Ularning
ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va ho’jalik aloqalarining
murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o’rinda, oqilona
ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish-
koncentraciya, ihtisoslashtirish, kopoperaciya va kombinaciya qilishni kiritish
mumkin.
Boshharuvda esa, boshharish, rejalashtirish, iqtisodiy rag’batlantirishning usul
va shakllarini ya'ni korhona faoliyatining butun ho’jalik mehanizmini
takomillashtirishda ifodalanadi. Korhona rahbarining ish uslubi va usullari fan-
tehnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur.
Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko’rsatkichlar tizimini optimal
shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta'minlanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida korhonadagi iqtisodiy faoliyatni
kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va
iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter tehnikasi va uning reja
iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yahshi biluvchi,
savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi.
Korhona
faoliyatining
samarali
bo’lishhida
ishlab
chiqarishni
intensivlashtirish, ishlab chiharilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish
hamda jahon standartlari darajasiga etkazish, korhonaning ishlab chiqarish
tuzilmasini yahshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa
zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy tehnologiyalar, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil qilishhning ilg’or usullaridan foydalanish orqali
erishiladi.
Albatta, yuqorida keltirib o’tilgan omillarni amalga oshirish ma'lum bir
resusrlar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va
ahamiyatini o’zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, zamon bilan hamnafas
holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o’z
salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va tehnika yutuqlariga
tayanuvchi korhona o’zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari,
kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o’z o’rni va
raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo’lishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |