Mineral bog’lovchi materiallar Mineral yoki anorganik bog’lovchi materiallar kukunsimon bo’lib, mayda va yirik to’ldirgichlar bilan suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun'iy toshga aylanadi.
Bog’lovchi moddalar o’z xossalariga ko’ra quyidagi maqsadlar uchun:
1) qorishmalar (bog’lovchi modda bilan qum va suv aralashmasi) va betonlar (bog’lovchi modda bilan qum, suv 'va yirik to’ldiruvchi material — shag’al yoki chaqilgan tosh aralashmasi) tayyorlashda,
2) tosh materiallarni terishda ularni bir-biriga biriktirishda,
3) pishirilmagan sun'iy tosh materiallar va buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Mineral bog’lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Havoda qotadigan bog’lovchi materiallar. Ohak, gips va kaustik magneziy shular jumlasidandir.
2. Gidravlik bog’lovchilar. Bunday materiallar faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga eta bo’ladi. Masalan, portlandsement, gidravlik ohak, qum-tuproq qo’shilgan sement, putssolan portlandsement, shlakli portlandsement va kengayuvchi sementlar.
3. Kislotalarga chidamli bog’lovchilar. Bunday bog’lovchilarning qotish jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta'sirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli sementlar va eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan qorishmalarni misol qilib keltirish mumkin.
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo’lgan kalsiy sulfatli cho’kindi'tog’ jinsi — gipsni (SaSO4 2N2O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshini (SaSO4) va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog’lovchilar olinadi, 1-nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida SaSO4.2N2O ning miqdori 90%, 2-nav uchun esa 65-% dan kam bo’lmagan tabiiy gips toshi ishlatiladi. Gyps toshi 140—170 °S da ko’p miqdorda suvni yo’qotib, yarim suvli, tez qotuvchan gips (SaSO4 0,5 N2O) ga aylanadi. Bunday bog’lovchi qurilish gipsi yoki alebastr deb ataladi.
G i p s suv bilan qorishtirilgandan keyin tezda quyuqlashib qoladi. Gipsning qotish jarayonida uning hajmi 1 % chamasi kengayadi. Bu undan me'morchilik buyumlari tayyorlashda, yoriqlarni berkitishda va boshqa maqsadlarda ishlatishga qulaylik tug’diradi. Qurilish gipsi quyuqlanishining boshlanishi 4 minutdan keyin, oxiri esa 6 minutdan 30 minutgacha bo’lishi mumkin.
Kolloid eritma hosil qiluvchi, yarim suvli gipsning zichligi 2,5—2,8 g/sm3, hajmiy massasi 0,8—1,1 g/sm3 ga tengdir.