Qurolli kuchlar akademiyasi jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti


CHIRCHIQ OLIY TANK KOMANDIR-MUHANDISLIK BILIM YURTI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə11/12
tarix08.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#64711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Harbiy o\'quv yurtlari

CHIRCHIQ OLIY TANK KOMANDIR-MUHANDISLIK BILIM YURTI


Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti 1941-yilda Ukrainaning Xarkov shahridan Chirchiq shahriga evakuatsiya qilingan.
Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi:

  • tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;

  • jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari;

  • havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;

  • havo hujumidan mudofaa qoʻshinlarining boʻlinma, qism va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash.

Ularga "leytenant" ofitserlik unvoni va malakasiga muvofiq muhandislik diplomi beriladi.


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Jamoat xavfsizligi universiteti (1990-2017-yillarda Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, 2017-2021-yillarda harbiy-texnika instituti) — professional harbiy xizmatchilar tayyorlovchi texnik bilim yurti

Tarixi


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti (TOHTBYU) sobiq Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1990-yil 15-oktabrdagi 1730-sonli koʻrsatmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Oliy kurslari (shartli belgisi 5375-harbiy qism) bazasida tashkil etilib, SSRI IIV Ichki qoʻshinlari Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti deb nomlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1992-yil 10-yanvardagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kirgan. Bilim yurti 1991-yili birinchi navbat kursantlarni qabul qilib, 1995-yili dastlabki bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yildagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga olindi.
2021-yilda Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta nomlandi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin