QUROQCHILIK SAN’ATINING TARIXIY AN’ANALARDAGI O’RNI
DoniyorovaShahnozaErkinovna A.QodiriynomidagiJDPI,Texnologikta’limkafedrasio’qituvchisie-mail:doniyorovash@gmail.com Annotatsiya:Maqoladamilliyxalqhunarmandchilikturlaridanquroqchiliksan’atiningtarixiyan’analarihaqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Quroqchilik, san’at, dekatrofka, amaliysan’at, an’ana,badiiy bezak,mag’izlikvadrat,quroq. *** Аннотация:В статьерассматриваютсяисторическиетрадиции ткацкогоискусства из народныхнародных промыслов. Ключевыеслова:засуха,искусство,десятиборье,прикладноеискусство,традиция,художественное оформление, площадьядра,сухость. *** Annotation:Thearticlediscussesthehistoricaltraditionsoftheartofweavingfromnational folk crafts. Keywords: Drought, art, decathlon,applied art, tradition, art decoration, coresquare, dry. Ko’p asrlik rivojlanish yo’lini bosib o’tgan o’zbek xalqining turli-tuman hunarlari o’ziga xos qadimiy an’analarga ega bo’lib, Markaziy Osiyoda xususan hunarmandchilik rivojlangan o’lkalaridan biri hisoblangan. Xalq hunarmandchiligi avloddan-avlodga o’tib taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikrini orzu o’ylari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan boy merosga aylangan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda bo’lgani kabi, xalq hunarmandchiligining “Quroqchilk” sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi qonun”,“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da hamda “umumiy o’rta ta’limining davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi” ning qabul qilinishi bu sohada olib borilayotgan ishlar namunasidir. Hozirgi kunda ota –bobolarimizning, momolarimizning qadimiy odatlari, milliy qadriyatlarini va kasblarini hunarlarini o’rganish muhim vazifalardan hisoblanadi. O’zbekistonda “Quroqchilik” san’ati xalq amaliy san’ati turlari ichida alohida o’rin tutadi. Mato parchalaridan ip va igna mo’jizasidan yaralgan bu quroqchilik san’ati barchani lol qoldirmay qoymaydi. Quroq – bu matoga bir materialni har xil
rangdagi qirqimlarini yopishtirish yoki tikish orqali badiiy bezak hosil qilinadi. Quroqchilik u o’ziga xos tayyorlash jarayoniga ega. Quroq tikish jarayoni o’rganayotgan kishining qobilayatini sabr-toqatini yangilik yaratish sezgisini rivojlantiradi. Bu quroqchilik usulida tikilgan buyumlar yuqori didni, go’zallikni, sabr-toqatlilikni, mehnatsevarlikni talab qiladi. Bizda bu tikish usuli “Quroq” deb ataladi.
Milliy quroqchilik san’ati bu o’lmas san’atlardan biri ya’ni xalq amaliy san’atlaridan bir hisoblanadi. Quroqchilik san’ati tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu quroqchilik usullarin ildizlarini sharqdan topish mimkin. Masalan Yegiptda ya’ni Kair shahrining chekka qishloqlarida bu usul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan. Quroq tikish usuli bilan yer yuzining ko’pgina joylarida ham shug’ullanib kelingan. Keyinchalik o’rta ta’minlangan oilalarda uylar bezatilib va ro’zg’or mahsulotlari tayyorlanib asta-sekin dunyo bo’ylab hamma xalqlar orasida tarqalib ketgan va amaliy san’atiga aylangan. Bunday bajarilgan ishlar Angliya, Amerika, Shvetsariya, Germaniya, Shvetsiya va Avstraliya muzeylarida joy topgan. O’zbekistonning barcha viloyatlarida jumladan Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida xalq amaliy san’atining “Quroqchilik” usuli bilan shug’ullanishadi. Surxondaryo viloyatida viloyatida xalq hunarmandchiligi hisoblangan quroqchilikning “kvadrat”, “mag’izli kvadrat”, “olma”, “yulduzcha”, “shaxmati”, “turna” va ularning xakozo shakllaridan foydalaniladi. Gazlama qoldiqlarini isrof qilmasdan ko’rpa-ko’rpachalar, yostiqlar,
chimildiqlar, poyandozlar, dasturxonlar, divan-kreslo jihozlari va xakozo. Uy ro’zg’or buyumlari va xonalarni bezash uchun kerakli bo’lgan buyumlar tayyorlanadi. Quroqchilik buyumlarini tayyorlashdan maqsad unutiladyotgan “Quroqchilik” amaliy san’atimizni qayta tiklash va istiqomat qiladigan, xordiq chiqaradigan ya’ni yashab turgan uyimiz shinam, qulay va albatta chiroyli bo’lishi kerak. Bunday sharoitga erishish uchun qimmat baho matolardan tikilgan uy ro’zg’or buyumlari sotib olish shart emas, balki ularni o’z qo’limiz bilan yarartishimiz ham mumkin. Bunda uy bekalari uchun nafaqat yangi gazlamalar, balki avval ishlatilgan yoki gazlama chetlaridan ortib qolgan mato qoldiqlari kiyishga yaroqsiz bo’lib qolgan buymlardan ajoyib antiqa uy anjomlari tayyorlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning uchun ulardan sabr-toqat ishga ijodiy yondoshish va mavjud bo’lgan xomashyodan unumli foydalanish talab qlinadi. Uy anjomlarini ko’p qismini gazlama qoldiqlaridan tayyorlash mumkin. Quroq – bu bitta buymdan rang va shakl turiga bo’lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir. Bu usul bilan yostiq jildlar, divan va stol uchun g’iloflar, gilamchalar, to’shama shuningdek, kiyimlar uchun bezaklar tayyoralsh mumkin.
Quroq usullaridan istalgan gazlamadan ham yangi yoki avval ishlatilgan gazlamalardan foydalanish nazarda tutiladi. Yangi gazlamani ishlatishdan abvval dekatrofka (ipak va jun gazlamalarni kirishmaydigan qilish uchun bug’ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli) bug’lash lozim. Chunki, bitta buyumlardan
tayyorlanganda bir necha xil gazlama ishlatilishi natijasida buyum yuviladi, so’ng o’z ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Avval ishlatilgan gazlama bo’laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak. Paxta tolali gazlama qoldiqlarini ishlatish uchun qulay xisoblanadi.
Inson bilan tabiatning uyg’un munosabatlari to’g’risidagi ana shu g’oyalar Movorounnahrda musulmon uyg’onish davriga juda katta hissa qo’shgan. Markaziy Osiyodagi sufiylik ta’limotlarida ham uchrashi tasodifiy emas. Mana shu misol biz uchun chuqur ramziy ma’noga ega.
Hozirgi kunda yoshlarga bilim berish bilan birgalikda, ularni hunarga o’rgatish, milliy urf-odatlarimizni hurmat qilishga o’rgatish, tarixi, hayotda o’z yo’llarini topib qiynalmasliklari uchun ham har xil to’garaklar ish olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.K.M. G’ulomov. Amaliy san’at. – Toshkent, 2008.
2.Q.M.Abdullayeva, M.A.Maxsumova, M.H.Rahimjonova. Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o’qitish metodikasi. (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent: Voris-Nashriyot, 2012.
3.S.S. Bulatov. O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent, 1991. 4.X.B.Muhammedova. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq
hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikalari. 5.Б.Х.Кармынова. Очерки этнической истории южных районов Тажикистана и Узбекистана. – Москва, 1976.