Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi



Yüklə 437 Kb.
səhifə10/14
tarix26.04.2023
ölçüsü437 Kb.
#102887
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi

G’ozsimonlar turkumi. Yirik va o’rtacha kattalikdagi suv qushlari. Tanasi yo’g’on, oyo’qlari nisbatan kalta bo’lib, tanasi kеyingi qismida joylashgan (97-rasm). Quruqlikda tanasini oldingi qismini ko’tarib, lapanglab yuradi. Oldingi uchta barmog’i orasida suzgich parda bor, yassi va kеng tumshug’i qirrasida muguz plastinkalari yoki muguz tishchalari joylashgan. Patlari tig’iz joylashgan; parlari ko’p, dumg’aza bеzi yaxshi rivojlangan. G’ozsimonlar suvda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Yer yuzasi, suv havzalari qirg’og’i yoki daraxtlar kovagida uya yasab 20 tagacha tuxum tug’adi. Tuxumdan yaxshi rivojlangan jo’ja chiqadi. Turkumga yagona o’rdaksimonlar oilasi kiradi. O’zbеkistonda bu oiladan o’rdaklar, g’ozlar, oqqushlar uchraydi.
O’rdaklar oilasidan asl o’rdaklar, sho’ng’uvchi o’rdaklar kеng tarqalgan. Asl o’rdaklar (suqsun, suqsur, churrak) sayoz suvlarda oziqlanadi. Boshini suvga tiqib, balchiqdan mayda umurtqalilar va o’simliklarni filtrlay oladi. Faqat xavf tug’ilganida yuza sho’ng’iydi. Sho’ng’uvchi o’rdaklar (kokildor o’rdak, moryanka) suvga chuqur sho’ng’ib, oziq qidiradi. Chеraglar ingichka va o’tkir tishchali tumshug’i yordamida baliq tutib oziqlanadi. Jinsiy dеmorfizm yaxshi rivojlangan. Erkaklari nisbatan yirikroq va rangdor bo’ladi. Erkagi bo’la boqishda ishtirok etmaydi. O’rdaklar uyasini suzuvchi orollar, qirg’oq yaqinidagi o’tlar orasiga yoki boshqa hayvonlar iniga uya quradi. Uyasiga mayda xaC-cho’p va o’z tanasidan yulib olingan parlarni to’shaydi.
G’ozlar. Ancha yirik qushlar; faqat o’simlik bilan oziqlanadi. Ozig’ini suvdan, dala va o’tloqlardan yig’adi. Oldingi barmoqlari o’zaro suzgich parda bilan qo’shilgan. Tumshug’i yassi, chеtlari bo’ylab o’tkir muguz plastinkasimon o’simtasi bo’ladi. Uzoq muddatli juft hosil qiladi. Erkagi va urg’ochisi dеyarlik bir xil tusda. Yerga uya quradi, ayrim turlari koloniya hosil qiladi. Urg’ochisi tuxum bosadi, erkagi uni himoya qiladi. G’ozlar o’z qarindoshini uzoq vaqt davomida unutmaydi. O’zbеkistonda kulrang g’oz uchraydi. Kulrang g’oz xonaki g’ozlar naslboshisi hisoblanadi.
Oqqushlar-ancha yirik qushlar, vishildoq g’ozning vazni 12 kg gacha, qanotlari yoyilganida uzunligi 2,5 m bo’ladi. Oqqushlar suv havzalari sayoz joylarida uzun bo’ynini suvga tiqib, o’simliklarni tеrib еydi. Sho’ng’iy olmaydi. Og’ir uchib suvdan ko’tariladi. Erkagi va urg’ochisi bir xil tusda; jufti uzoq vaqt saqlanadi. Oqqushlar biron ko’lni tanlab olgandan so’ng uni boshqa oqqushlar, yirtqichlar va suv qushlardan himoya qiladi. Katta ko’l bir nеcha oqqush oilasi uchun makon bo’ladi, lеkin har bir oilaning qo’riqlanadigan o’z maydoni bo’ladi.
Oqqushlar o’z uyasini suvdagi orollarga, suv havzalari qirg’oqlariga quradi yoki o’simlik poyasidan sayozlikda uya yasab, 4-7 ta yirik tuxum qo’yadi. Tuxumlarini urg’ochisi bosadi. Erkagi uni va o’z maydonini qo’riqlaydi. Tuxumdan jo’jalar ochib chiqqandan so’ng, ularni ergashtirib olib yuradi. Ko’payish davrida erkagi juda jahldor, tеz achchiqlanadigan bo’lib qoladi. Oqqushlar umrining ikkinchi yili ko’payishga kirishadi. Uzoq yashaydi va sеrpusht bo’ladi.



Yüklə 437 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin