BILET Chexiya davlatining tashkil topishi haqida ma’Iumotlar keltiring.
Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400- yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boyi guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). lming yillik o^rtalarida Chexiyada slavyan qabilalari ko‘pchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya xududi Sarno davlati, 9-10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo bo‘lgan Praga knyazligi ilk chex davlatining o‘zagi bo‘lib qoldi. 1198-yildan qirollikka aylandi. 1310-1437- yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida bo‘ldi. 15-asrning lyarmida Chexiyada kuchii ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tdi (qarang Guschilar harakati). 1526-yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qo‘shib olindi. 1618-20 yillarda chex qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatidan so‘ng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri - 19-asr lyarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30-40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-yil Pragadagi Svyatovatslav yig‘ini Gabsburglar imperiyasida 1848—49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-yil Chexiya Avstriya-VengriyaningAvstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-yil
Barcha fandan imtihon javoblariniyuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling!
AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. Boburiylar sulolasidan bo‘lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Shoh jahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-o’g’li. Asl isrni Xurram. 1616 yil Dekan (to’g’rirog’i — Dakan)dagi g’alabasidan so’ng Shoh jahon nomini olgan. 1622—25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan.l627-yilda taxt uchun kurashlarda g’olib bo’lib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan.Taxtga o’tirgan zahoti bir qancha isyonlami bostirishga majbur bo’lgan.Shoh jahon poytaxtni Agradan Dehliga ko’chirgan. Bu davrda adabiyot, san’at, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Shoh jahon bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qal’a, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bog’i va boshqalar d Shoh jahon davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurg’oqchilik tufayli ocharchilik bo’lgan, xalqning ahvoli og’irlashgan, shuning uchun Shoh jahon mazkur o’lkalardagi yersolig’ini kamaytirgan. Shoh jahon davrida Yevropa savdo kompaniyalarming Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj olgan.Bu kurashda katta o’g’li Avrangzeb g’olib kelib, taxtni egal lagan. Shoh jahon Tojmahal maqbarasida xotini Murntoz Mahal yoniga dafn etilgan. “Keshik” atamasiga izoh bering.
Keshik - chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya