‘quv yilida o rta


BILET Ilk o‘rta asrlarda Xorazm davlati



Yüklə 57,51 Kb.
səhifə16/33
tarix16.05.2023
ölçüsü57,51 Kb.
#114779
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

BILET

  1. Ilk o‘rta asrlarda Xorazm davlati.

Ilk o‘rta (IV—VIII asrlarda) me’morlik yanada rivoj topib, qal’a, qasr va ko‘shklar (Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosgan qal’a va boshqalar) kvadrat yoki to‘rtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlarbilan mustahkamlanadi. Bu davrdabunyod etilgan qal’a va ko‘shklar orasida me’moriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqal’a va Yakka Porson diqqatga sazovordir.
Xorazmda badiiy san’at ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirg‘a va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar to’qilgan. Miloddan avval VI— V asrlarda ro‘y bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qal’alar V— VI asrlarda yana jonlangan (Kavat qal’a, Guldursun qal’a, Kot va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad ko‘targan. Binokorlikdapaxsa, xom g‘isht bilan bir qatorda pishiq g‘ishtdan foydalana boshlangan (Ko‘hna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).

  1. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring.

Chingizxon (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, O‘non daryosi yaqinidagi Delpun Bo‘ldan mavzei — 1227.25.8) — Mo^g^ullar davlati asoschisi, sarkarda. Mo‘g‘ul qabilalari ittifoqi — qiyotlar sardori Yasugay bahodiming O‘elun Fujin (xotun)dan tug‘ilgan to‘ng‘ich


Barcha fandati imtihon javoblariniyuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling!


farzandi.


13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir qancha urug‘ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 yillarda Ch. keraitlar boshlig‘i Vanxon To‘g‘ril (0‘nxon) bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va hokazo qabilalarni bo‘ysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 yil O‘nxon bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 yil mo‘g‘ul aslzodalari, no‘yonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulug‘xon ma’nosida) va barcha qabila, urug‘, elatlaming buyuk xoni deb e’lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan e’lon qilingan qonunlar to‘plami — yaso (yasoq) muhim rol o‘ynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 — 15), O‘rta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) o‘z tasarrufiga kiritadi. Mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 yil Ch. Mo‘g‘ullar davlatini 4 o‘g‘li — Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13- asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. og‘ir dard tufayli vafot etadi. Uni Mo‘g‘ulistondagi Burxon—Xaldun tog‘ etagida dafn etishadi.

  1. Minora” atamasiga izoh bering.

Minora - gorizontal (eni) o‘lchamiga nisbatan vertikal (tik) o‘lchami ortiq bo‘lgan baland inshoot.


  1. Yüklə 57,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin