‘quv yilida o rta


BILET Karfagen haqida ma’lumot bering



Yüklə 57,51 Kb.
səhifə20/33
tarix16.05.2023
ölçüsü57,51 Kb.
#114779
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

BILET

  1. Karfagen haqida ma’lumot bering.

Karfagen (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.av. 825-yilda barpo qilingan. K. mil. av. 3- asming boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya (Sirakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, O‘rta dengiz bo‘yidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim o‘rtasidagi to‘qnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil.av. 264—146- yil)dagi mag‘lubiyatdan key in K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. san’ati


Barcha fandan imtihon javoblariniyuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling!


va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.



  1. Mahmud G‘aznaviy haqida ma’lumot bering.

G’aznavilar davlati - Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda g’aznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. G’aznaviylar davlatiga Alpteginning g’ulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti G’azna shahri nomidan olingan. Mahmud G’aznaviy hukmronligi yillariga kelib 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan G’aznaviylar davlatining chegaralari g’arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-g’arbda Xorazm va Oral dengizigacha cho’zilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini o’z ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud G’aznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham o’z saltanati tarkibiga qo’shib olgan. Biroq Jan. Toxariston (hoziigi Shim. Afg’oniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun g’aznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari o’zaro to’qnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chag’oniyon va Termiz g’aznaviylarga bo’ysundirilgan. G’aznaviylar bilan koraxoniylar davlati o’rtasidagi chegara Amudaryo deb e’tirof qilingan. 1024— 25 yillarda Mahmud G’aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o’tib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sug’dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha bo’lgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, g’aznaviylar ta’siriga o’tgan. Bu davrda G’aznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud G’aznaviyning o’g’li va valiahdi Mas’ud G’aznaviy hukmronligi davrida (1030—41) G’aznaviylar davlati o’z qo’l ostidagi hududlami birin-ketin qo’ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.

  1. Shovinizm” atamasiga izoh bering.

Shovinizm - irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o‘taketgan millatchilik.


  1. Yüklə 57,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin