Quva tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabning 3-“B” sinf o’quvchisi Burxonov Ilhomjonga pedagogik- psixologik
TAVSIFNOMA
Burxonov Ilhomjon 2013-yil 1-fevral kuni Quva tumani Chaman mahallasida tug’ilgan.Millati o’zbek.Ayni paytda Quva tumani Chaman mahallasida istiqomat qiladi.Oilada to’rtinchi farzand.Tabiatan chiroyli,sho’x,hamma narsaga qiziquvchan,ma’sutiyatli bola.
2020-yilda birinchi sinfga qabul qilingan.Sinfda eng a’lochi o’quvchiladan biri.Barcha fanlarni o’zlashtiradi.Barcha savollarga juda tez javob beradi.Zehni judayam o’tkir boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi.Yozuvi juda chiroyli,o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi.Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi.Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil.Shaxsga xos psixik xususiyatlari(aql,idrok,xotira,tafakkur)ga ega.Tendoshlari bilan normal rivojlanmoqda.Diqqati,kuch ko’lami keng,irodasi kuchli.Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi.U sportning baskitboll turiga qiziqadi va qatnashadi.
Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi,ko’rinishi,o’qishi qattiq nazorat qilinadi.Otasi tadbirkor,onasi maktab o’qituvchisi.O’g’liga otasi ham onasi ham birdek vaqt ajratadi,ular judayam e’tiborli.Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi.
Aniq fanlarga qiziqishi va qobilyati juda kuchli. Kelajalkda o’qituvchi bo’lmoqchi.Kelajakda undan tajribali o’qituvchi chiqishiga ishonaman.
Amaliyotchi talaba______________Sobirova Dilnuraxon
Sinf rahbari___________________Ahmadjonova Gulnoraxon
Quva tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabning 3-“B” sinf o’quvchilariga
TAVSIFNOMA
3-‘’B’’sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 15 nafari qiz bolalar, 15 nafari esa o’g’il bolalar tashkil etadi.Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o’qiydigoni yo’q.O’quvchilar bir –birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi.Sinfda a’lo baholarga o’qiydigon o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi.Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigon o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi.
O’quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirish uchun sinfda “Qiziqarli matematika” to’garagi tashkil etilgan.Barcha o’quvchilar to’garakka a’zo bo’lishgan. Haftaning har chorshanba kuni 13:00da to’garak o’tiladi.
Sinf rahbari Ahmadjonova Gulnoraxon opaning matematika fanidan “Qiziqarli matematika” nomli to’garagi tashkil qilingan. Unda mantiqiy masalalar, geometlik figuralardan turli xil shakllar yasaydilar.
O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga ham a’zo bo’lganlar.Valijonov N asirullo,Tojimuhammadov Muhammadyusuf sportning “takvanto”turi bo’yicha tuman musobaqasida fahrli birinchi o’rinni egallashgan. Nuraliyeva Mohimbegim, Burxonov Ilhomjon”Mental arifmetika”da tuman bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallashgan.Bu to’garalar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordan beradi.
O’quvchilarning tartib intizomi,o’zlashtirishlari,toza ozodaliklari o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Men ishonamanki, 3-“B” sinf o’quvchilari maktab ma’muryati ishonchini oqlaydi.
Amaliyotchi talaba:______________Sobirova Dilnuraxon
Sinf rahbari:__________________Ahmadjonova Gulnoraxon
Dostları ilə paylaş: |