Quvvat koeffsiyentini kompensatsiyalash usullari


Volume 1, Issue 2. 2022. June. ISSN-2181-3426



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix08.12.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#73243
1   2   3   4
34-38

Volume 1, Issue 2. 2022. June. ISSN-2181-3426 
 
www.re-search.uz | 36 
oldinda bo‘lib, induktiv g‘altakda o‘tuvchi tok esa unga quyilgan kuchlanishda 90˚ burchakka 
orqada qoladi. 
Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash muhim texnik tadbir bo‘lib, bir 
qancha maqsadlarda qo‘llash mumkin. Birinchidan reaktiv quvvatni kompensatsiyalash reaktiv 
quvvat balansini ta’minlash uchun zarur, ikkinchidan kompensatsiya qurilmalarini qo‘llash 
tarmoqda elektr energiya isrofini kamaytirish uchun, uchinchidan kompensatsiya qurilmalari 
kuchlanishlarni rostlash uchun qo‘llaniladi. Bugungi kunda elektr stansiyalarida ishlab 
chiqarilayotgan reaktiv quvvat yetarli emas. Shuning uchun iste’molchilarga kerak bo‘lgan 
reaktiv quvvatini 2/3 qismi kompensatsiyalovchi qurilmalar yordamida 1/3 qismi elektr 
tarmoqlardan olinadi. Kompensatsiyalovchi qurilmalarni (kondensator batareyalari) o‘rnatish 
bilan liniyadagi kuchlanish yo‘qolishi kamayadi. Reaktiv quvvat iste’moli natijasida asinxron 
motorda aylanuvchi magnit oqim hosil bo‘ladi. va bu oqim yordamida statordan rotorga kerakli 
miqdorda aktiv quvvat ko‘chiriladi. Shuning bilan birgalikda reaktiv quvvat iste’mol 
qilinishining 
salbiy ta’sirlari mavjud. Qo‘shimcha yuklangan transformator va liniyalarni quvvat o‘tkazish 
qobiliyati pasayadi Elektr iste’molchilarga quvvat yetkazishida elektr tarmoqlarda quvvat va 
energiya isroflari oshib ketadi. Hamma hollarda kompensatsiya qurilmalar qo‘llashda quyidagi 
texnik va rejim talablarini chegaralarini o‘rganish zarurdir:
 
yuklama tugunlarida zaruriy quvvat zaxirasini
 
manbaning shinalarida reaktiv quvvatni joylashtirish
 
kuchlanish og‘ishini
 
elektr tarmoqlarni o‘tkazish qobiliyati
Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun olib boriladigan tadbirlarni quyidagi 3 ta 
guruhga ajratishimiz mumkin:
1. Kompensatsiya qurilmalarni talab qilmaydiganlarni qo‘llash;
2. Kompensatsiya qurilmalarni qo‘llaydiganlar;
3. Istisno tariqasida ruxsat etilgan; 
Kompensatsiya qurilmalar qo‘llashdagi tadbirlar: 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin