Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə16/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

09/18/767/1966-son)

  1. hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  3. Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va Direktorning buyruqlari vatopshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

  4. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga taalluqli masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

  5. o‘z o‘rinbosari va hududiy boshqarmalar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, hududiy bo‘linmalar faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

  6. hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linmalar va o‘zo‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  7. hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyatko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Oldingi tahrirga qarang.
91) belgilangan tartibda FHDY organlarida kadrlar masalalarini hal etishda ishtirok etish;
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan 91-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

  1. Agentlik nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

  2. hududiy boshqarmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

  3. hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalaritalablariga rioya etishini ta’minlash;

  4. hududiy boshqarma tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

  5. prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Direktor o‘rinbosariga kiritish;


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin