Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə12/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.

  1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti deb ataladi) talablariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

  2. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativhuquqiy hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish) uchun o‘z vaqtida Vazirlikka kiritish;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

  2. o‘z o‘rinbosari, hududiy boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; Keyingi tahrirga qarang.

  3. Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odobaxloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin