Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə11/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY bo‘limlarining davlat xizmatlari sohasidagi faoliyatini o‘rganish;
FHDY arxivlari faoliyatini o‘rganish;
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son) sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan
hamkorlik qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
24. Hududiy boshqarmalar:
tegishli hududlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosati samarali amalga
oshirilishini ta’minlash; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha Agentlikning hududiy bo‘linmalari ishini tashkil qilish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida hududiy boshqarmalarning Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari, shuningdek, boshqa hujjatlari sifatli tayyorlanishi; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatini ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun javob beradi.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
25. Quyidagilar Direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

  1. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

  2. Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaribilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

  4. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari faoliyatibilan bog‘liq davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha Vazirlik, shuningdek, tegishli vazirliklar vaidoralar bilan hamkorlik qilish;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining topshiriqlarini bajarish;

  3. o‘z o‘rinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish tendensiyasidan kelib chiqib Agentlik va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Keyingi tahrirga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningqarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish,

Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun hududiy boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  1. Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkiletish;

  2. Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchunzarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va VazirlarMahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;


Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin