269
Bizning amaliyotimiz uchun yangi bo‘lgan ayrim tushunchalarga
to‘xtalib o‘tamiz.
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar — hisob siyosatiga
muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i
summasi
(9810-schot).
To‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i — soliqqa oid qonun hu-
jjatlariga muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i
summasi (6410-schot).
Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati —soliqqa tortiladigan
vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda to‘lanadigan
daromad
(foyda) solig‘i summasi (6250, 7250-schotlar).
Muddati uzaytirilgan soliq talabi — chegirib tashlanadigan vaqtin-
chalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda qoplanadigan daromad (foyda)
solig‘i summasi (0950, 3210-schotlar).
Muddati uzaytirilgan soliq talablarining kelgusi davrlarda hisobga
olinishi mazkur davrlardagi soliqqa tortiladigan
daromadning kamay-
tirilishini bildiradi. Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati kelgusida
soliqqa tortiladigan daromadni ko‘paytiradi.
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi soliqqa
tortiladigan daromadi 500,0 ming so‘mni, 3210-«Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i» schotining saldosi 40,0
ming so‘mni tashkil qiladi. Bu esa o‘tgan hisobot
davrlarida soliq soli-
nadigan daromadning balans foydasidan katta bo‘lganligini va korxona
hisob siyosatiga muvofiq hisoblab yozilganidan 40,0 ming so‘m ko‘p
summani budjetga to‘laganligini anglatadi.
Agar 3210-schotda vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati kechik-
tirilgan daromad (foyda) solig‘i summalari mavjud bo‘lmaganda edi,
korxona budjetga 100,0 ming so‘m daromad solig‘i
(500000x20%:100%) to‘lagan bo‘lar edi. Biroq 3210-schotdagi qoldiq
ushbu summani kamaytiradi va korxona budjetga 40000 so‘m kam,
ya’ni 60000 so‘m daromad solig‘i to‘laydi (100000-40000).
D-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetdan qarzlar» schoti -
40000
K-t 3210-«Vaqtinchalik farqlarga bo‘yicha
muddati kechiktirilgan
daromad solig‘i» schoti - 40000.
Demak, agar korxona, chegirmalar amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan yetarlicha soliqqa tortiladigan daromad olgandagina,
soliq
to‘lovlarining qisqartirilishi shaklidagi iqtisodiy nafni qo‘lga kiritadi.
Shuning uchun, agar korxonada vaqtinchalik farqlar chegirib tashlanadi-
270
gan, soliqqa tortiladigan daromadni olish ehtimoli mavjud bo‘lgandagina
muddati uzaytiriladigan soliq talabi tan olish o‘rinli hisoblanadi.
9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar» schotida korxonalarning foydasidan to‘lanadigan boshqa
soliqlarga oid hisoblab yozishlar aks ettiriladi. Masalan, infratuzilmani
rivojlantirish uchun to‘lanadigan soliqning hisoblab
yozilishi schotlarda
quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar» schoti
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schoti.
Dostları ilə paylaş: