faoliyatini yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirish to‘g‘risidagi ax-
borotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan Yakuniy moliyaviy natija
(foyda yoki zarar) ana shu faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar summasiga
kamaytirilgan, asosiy faoliyatdan olingan daromadlar, moliyaviy faoli-
yatdan olingan daromadlar va favqulodda daromadlar moliyaviy nati-
jasining qo‘shilishidir. 9910-schot debeti bo‘yicha korxonaning zararlari
(xarajatlari), krediti bo‘yicha esa — foydasi (daromadlari) aks ettiriladi.
Hisobot davri uchun debet va kredit oborotlarining taqqoslanishi hisobot
davrining yakuniy moliyaviy natijasini ko‘rsatadi.
Har bir hisobot davrining oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»
schotining debet va kredit tomonlarining ko‘rsatkichlari jamlanib, o‘zaro
taqqoslanganidan so‘ng hisobot davri uchun umumiy balans foyda(yoki
zarar) aniqlanadi.
Hisobot yili nihoyasiga yetishi bilan yillik buxgalteriya hisobotini
tuzish chog‘ida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schoti yopiladi. Hi-
sobot yili sof foydasi (zarari) 9910-schotdan 8710-«Hisobot yilining
taqsimlanmagan foydasi (zarari)» schotining debeti (zarar) yoki kredi-
tiga (sof foyda) o‘tkaziladi.
Foyda ko‘rilgan hollarda:
D-t 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schoti
K-t 8710-«Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda» schoti.
Zarar ko‘rilgan hollarda:
D-t 8710-«Hisobot yilidagi taqsimlanmagan zarar» schoti
K-t 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schoti.